O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jazoir Elchisi bilan uchrashuv
2018-12-10 | Siyosat
2018-yilning 6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Naser Busherit bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda O‘zbekiston-Jazoir muloqoti holati va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan va hayotning deyarli barcha jabhalarini qamrab olayotgan chuqur o‘zgarishlar tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalarda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda.
Shuningdek, muzokaralarda turli darajalarda bo‘lajak uchashuvlar muddatlari va kun tartibi, muntazam tarzda siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazish, Hukumatlararo komissiya va hamkorlikning boshqa qo‘shma institutlarini yaratish bo‘yicha takliflar yuzasidan fikr almashildi.