O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion texnologiyalar va yoshlar

2018-12-07 | Innovatsiya

2018 yilning 7 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan  “Innovatsion texnologiyalar va yoshlar: imkoniyatlar, vazifalar va istiqbollar” mavzusida konferentsiya o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, qator vazirlik va idoralar vakillari, shuningdek ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Anjumanda jamiyat hayotining barcha sohalarida innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, ayniqsa, yoshlarning ilg‘or g‘oyalarini  ro‘yobga chiqarish masalalari keng muhokama qilindi. 

Tadbirda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar - kelejagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida” 2018 yil 27 iyundagi Farmoniga muvofiq, yoshlarning biznes tashabbuslari, g‘oyalari va loyihalarini tatbiq etishga ko‘maklashish va ularni qo‘llab-quvvatlash, ish bilan band bo‘lmagan yigit-qizlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzurida “Yoshlar - kelajagimiz” jamg‘armasi tashkil etilib, respublika byudjetidan 2018 yilda 500 milliard so‘m miqdorida beg‘araz moliyaviy yordam ajratildi. Ushbu mablag‘lar yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlarga maqsadli sarflanayotgani ma’lum qilindi.

Yoshlarning innovatsion faolligini oshirish masalasi bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. Dunyoda texnika taraqqiyoti shiddatli tus olayotgan sharoitda maktab va kollejlarga yangi texnologiyalarga oid fanlar, xususan robototexnika alohida dars sifatida kiritilishi zamon talabi hisoblanadi. Bu esa ta’lim muassasalarida fizika, matematika, informatika darslarini chuqurroq o‘rganish, yoshlarning keng va chuqur fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda muhimdir. Bu boradagi aniq chora-tadbirlar xususida so‘z borar ekan, konferentsiyada mamlakatimizda xalqaro talim tizimi - “STEM” (Sciense, technology, engineering, maths)  joriy qilinishi taklifi ilgari surildi. Ushbu tizim  iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi qayd etildi. 

Shuningdek, konferentsiyada yoshlarning innovatsion faolligini oshirishga to‘sqinlik qilayotgan bir qancha muammolar mavjudligi ta’kidlandi. Xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan bog‘liq aksariyat loyihalar, kvorking markazlari asosan poytaxt hamda viloyatlarning faqat yirik shaharlarini qamrab olgan. Hududlarda istiqomat qilayotgan yoshlarga taklif etilayotgan ta’lim dasturlari ularning qiziqishlariga to‘liq javob bera olmaydi, qolaversa, iqtidorli yoshlarni aniqlash bo‘yicha tanlovlar soni yetarli emas. Yangi ishlanmalar mualliflari hisoblangan yosh iqtidor egalari faoliyati ommaviy axborot vositalarida yetarlicha yoritib borilmayapti.

Konferentsiyada ta’kidlanganidek, joriy yilda “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi tomonidan “O‘zbekiston yoshlari: hayotiy qadriyatlar, axloq, ijtimoiy yo‘nalishlar” mavzusida sotsiologik so‘rov o‘tkazilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, so‘ralganlarning 65 foizi kelajakda o‘z bilimlarini oshirish istagini bildirgan bo‘lsa, 24,9 foizi bunday xohishi yo‘qligini ma’lum qilgan. Shuning uchun ham yoshlarni doimiy ravishda  o‘qish va izlanish, o‘z ustida ishlashga da’vat etish zarur.

Konferentsiya ishtirokchilari tomonidan aniq takliflar bildirilib, tegishli tavsiyalar qabul qilindi.

Поделиться