O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston Jahon Halol sammitida gʻolib boʻldi
2018-12-07 | Turizm
Yaqinda Istanbulda boʻlib oʻtgan 6-Jahon Halol sammitida Oʻzbekiston jamoasi faxrli birinchi oʻrinni egalladi.
Mazkur nufuzli tadbir Turkiya iqtisodiyot vazirligi koʻmagida Savdoni rivojlantirish boʻyicha islom markazi, Islom davlatlari standartlar va metrologiya instituti tomonidan tashkil etildi.
Unda mohir oshpazlar halol taom tayyorlash boʻyicha kuch sinashishdi. Oʻzbekiston sharafini Xalqaro oʻzbek pazandachiligi sanʼati markazi usta-oshpazi Ahmad Hamdamov va ushbu markaz bitiruvchisi Nodir Tohirjonov himoya qilishdi. Tanlov yakunida ular tayyorlagan taomlar birinchi oʻringa sazovor deb topildi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 2018 yil 1 fevraldan “Halol“ oziq-ovqat mahsulotlari boʻyicha umumiy qoʻllanma - Oz DSt 3286:2018 joriy etilgan edi.
“Halol“ standartlarida mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish, sotish va markalash jarayonlari islom qoidalariga muvofiq boʻlishi talab etiladi.