O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qo‘shma murojaati
2018-12-06 | Iqtisodiyot
Hurmatli iste’molchilar!
2018 yilning iyul oyidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan yangi namunadagi 50, 100, 200, 500 so‘mlik tangalar muomalaga chiqarilgan.
Bundan asosiy maqsad – aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga naqd pullar bilan hisob-kitoblarda qulayliklar yaratish, jumladan xarid qilingan tovarlar va xizmatlar uchun qaytim qaytarishdagi muammollarni bartaraf etish hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 21-moddasiga asosan sotuvchi (ijrochi) iste’molchini haq evaziga qo‘shimcha tovarlar sotib olishga yoki qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas.
Shu sababli, xarid qilingan tovarlar bo‘yicha qaytim o‘rniga sotuvchi tomonidan kam baholi turli tovarlarning qaytarilishidan norozi bo‘lsangiz:
Hurmatli tadbirkorlar!
Savdo do‘konlari, supermarketlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, dorixonalar, transport va maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari xaridorlarga qaytim pullarini to‘liq berishni ta’minlash maqsadida, mayda qiymatdagi tangalarni olish yuzasidan xizmat ko‘rsatuvchi bank filiallariga murojaat qilishlari lozim.
O‘z navbatida, aholi bilan naqd pulda hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi xo‘jalik sub’ektlari tijorat banklari orqali:
bankdagi depozit hisobvaraqlaridagi mablag‘lari doirasida mayda qiymatdagi tangalar bilan ta’minlab beriladi;
Tadbirkorlik sub’ektlari murojaatlariga asosan banklardan 50, 100, 200, 500 so‘m qiymatdagi tangalarni olishda muammolar yuzaga kelganda, Markaziy bankning (71) 200-00-44 raqamli "ishonch telefoni"ga murojaat qilishlari mumkin.