O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi to‘g‘risida AXBOROT

2018-12-05 | Siyosat

2018 yil 5 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi N.Yo‘ldoshev olib bordi.

Kengash O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisini joriy yilning  13 dekabr kuni Toshkent shahrida chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Senat yalpi majlisi muhokamasiga O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi masala kiritilmoqda.

Shuningdek, yalpi majlis kun tartibiga O‘zbekiston Respublikasining bir qator qonunlari hamda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini tubdan oshirishga, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini ijro etishga, xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan masalalar kiritilmoqda.

“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta’minlash mexanizmlarini, ba’zi davlat organlari faoliyatini, qishloq xo‘jaligida ekin maydonlaridan samarali foydalanish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunlar shular jumlasidandir. Shu bilan birga, xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlar ham ko‘rib chiqiladi.

Bundan tashqari, senatorlar yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish sohasidagi faoliyati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining vazirlikning 2018 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi axborotini eshitadilar.

Yalpi majlisda Farg‘ona viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti tinglanadi.

Senatorlar fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha Parlament komissiyasi raisining axborotini eshitadilar va 2019 yilda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil qilish dasturi to‘g‘risidagi masalani ham ko‘rib chiqadilar.

Senat a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish va uni o‘tashga oid qonun hujjatlari ijrosi holati va bu sohadagi huquqni qo‘llash amaliyoti yuzasidan parlament so‘rovi yuborish bilan bog‘liq masalani muhokama qiladilar.

Oliy Majlis Senati qo‘mitalari va devonining o‘n yettinchi yalpi majlisga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir ishlarini muvofiqlashtirish uchun Senat Kengashi tomonidan ishchi guruh tuzildi. 

Majlisda Senat Kengashining vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Поделиться