O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O’zbekistonda Xalqaro BMT Modeli va “Yosh delegat” loyihalari amalga oshiriladi

2018-12-05 | Turizm

Joriy yilning 3-dekabr kuni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashidagi "Yoshlar press-klubi"da Markaziy Osiyo mintaqaviy vakolatxonasidagi BMTning Narkotiklar va Jinoyatga Qarshi Kurash Boshqarmasi, Toshkent Xalqaro Westminster Universiteti, Oʻzbekiston yoshlar Ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni Rivojlantirish Davlat Qoʻmitasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Bu memorandum Toshkentda Xalqaro BMT Modeli va "Yosh delegat" loyihalarini amalga oshirishga va tomonlarning umumiy maqsadlar yo’lidagi hamkorliklarini mustahkamlashga hizmat qiladi. Tadbirda BMTning Narkotiklar va Jinoyatga Qarshi Kurash Boshqarmasining mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Ashita Mittal, Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti rektori Komiljon Karimov, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari Alisher Saʼdullayev, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni Rivojlantirish Davlat Qoʻmitasi rais o'rinbosari vazifasini bajaruvchi Akbarov Saidakbarxon va Oʻzbekiston BMT Modellarining vakillari ishtirok etishdi.

Ashita Mittal xonim so’zga chiqib, kelasi 2019-yil mart oyida Toshkentdagi BMT Modelining Xalqaro konferensiyasini tashkil etish rejalashtirilganligini ishtirokchilarga yetkazdi va ushbu tadbirlar jinoyatlarni oldini olish va jinoiy adliya bo’yicha 13-Kongressda qabul qilingan Doxa deklaratsiyasining ham amalga oshirilishini qo’llab-quvvatlash uchun hizmat qilishiga ishonch bildirib fikrlarini yakunladilar. 
Tashkil etiladigan konferensiya haqida ma’lumot beradigan bo’lsak: "Taʼlim uchun adolat" shiori ostidagi konferensiya qatnashchilarni Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy vazifalari va tamoyillari bilan tanishtirish, ularni diplomatik, yetakchilik va notiqlik koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratiladi. Unda 250 nafar oʻzbekistonlik va 250 nafar xorijlik talabalar ishtirok etadi.
Toshkent Xalqaro Westminster Universiteti rektori – Komiljon Karimovning ta’kidlashicha:
—Hozirgi kunda Universtitet talabalari rasmiy konferensiyaning veb-sayti timun.org. ni yaratish ustida ish olib borishmoqda. Ushbu veb-sayt Oʻzbekiston Respublikasida har yili oʻtkaziladigan BMT Modeli konferensiyalarining asosi boʻladi. Konferensiyada ishtirok etishni istagan Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlari talabalari va xalqaro universitetlar talabalari BMT konferensiyasining rasmiy sayti: mymun.org va oʻz veb-sayti: timun.org orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

Konferensiya uchun BMTning Narkotiklar va Jinoyatga Qarshi Kurash Boshqarmasining asosiy faoliyati bilan bogʻliq qoʻllanma ishlab chiqilib, u "Adolat uchun taʼlim" global tashabbus tomonidan qoʻllab quvvatlanadi. Konferensiya Xalqaro Vestminster Universiteti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va Jinoyatga Qarshi Kurash Boshqarmasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni Rivojlantirish Davlat Qoʻmitasi hamkorligida boʻlib oʻtadi.

Поделиться