O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Neft-gaz sohasi xodimlari salohiyatini oshirishga moʻljallangan oʻquv-markazi ish boshladi
2018-12-04 | Ta’lim
I. M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali hududida faoliyat boshlagan ushbu “ERIELL prof education” korporativ oʻquv-markazini tashkil etishdan koʻzlangan maqsad — sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarni qayta tayyorlash, ularning kasbiy malakasini oshirish hamda tizimga eng ilgʻor xorijiy tajribalarni joriy etishga koʻmaklashishdan iborat.
Aytish joizki, korporativ oʻquv-markazi koʻp funksiyali sanaladi. Bu yerda, asosan, kasbiy taʼlimning strategik menejment, loyiha menejmenti, analitik fikrlash, IT-texnologiyalar, innovatsion boshqaruv hamda biznes aloqalari psixologiyasi yoʻnalishlari boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkaziladi. Bundan tashqari, muassasada ingliz tili kurslari ham mavjud.
M. AHMADJONOV.