O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
ShHT MATT Ijroqo‘mi direktori bilan uchrashuv to‘g‘risida
2018-12-04 | ShHT
2018-yilning 4-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) Ijroiya qo‘mitasi direktori lavozimidagi o‘zining uch yillik missiyasini yakunlayotgan Yevgeniy Sisoyevni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida hozirda 8 davlatni o‘zida jamlagan ShHT MATT doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Vazir tashkilotning yanada rivojlanishiga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun ShHT MATT Ijroqo‘mi direktoriga minnatdorchilik izhor etdi.
Yevgeniy Sisoyev o‘z navbatida O‘zbekistondagi o‘zining missiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishi uchun yaratib berilgan qulay sharoit va ShHT MATT Ijroqo‘mi faoliyatiga ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun minnatdorchilik bildirdi.
Zafar Yuldashkulov olgan surat