O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda Boshqaruv innovatsiyalari kunlari: davlat boshqaruvini takomillashtirishda innovatsion yondashuvlar

2018-12-04 | Innovatsiya

“Boshqaruv innovatsiyalari kunlari”ning rasmiy ochilish marosimi Toshkent shahrida 3-5 dekabr boʻlib oʻtishi koʻzda tutilgan. Tadbir Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Oʻzbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi, Toshkentdagi Britaniya elchixonasi tomonidan tashkil etilgan.

Davlat boshqaruvi - murakkab, koʻp qirrali va joʻshqin jarayon. Hukumat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlar butun mamlakat aholisining hayotiga, turmush tarziga, boringki taqdiriga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatadi. Shu bois ham u yoki bu mamlakat kishilarning hayot darajasi qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlari sifatiga, davlat tuzilmalarining anʼanaviy vazifalarni bajarishga yangicha yondashuvlarni samarali tatbiq qilish layoqatiga bogʻliq.

Tadbirning ochilish marosimida soʻzga chiqqan Innovatsion rivojlanish vazirining oʻrinbosari Sharof Rajabboyev: “Mamlakatimiz, ayniqsa, davlat boshqaruvi masalalarida innovatsion rivojlanishdan manfaatdor. Davlat hokimiyati tizimida butunlay yangi institut – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi, joylarda esa – Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Mazkur tuzilmalar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining fuqarolar bilan muloqot qilishning samarali tizimiga aylanib, aholining eng dolzarb masalalarini hal qilishga qaratilgan. Bugungi tadbirning amaliy mohiyatini oshirish maqsadida uning natijalariga koʻra ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda mamlakatimizda davlat boshqaruvining tuzilmasi va tizimini rivojlantirishga qaratiladigan tavsiyalarni ishlab chiqishimiz zarur”.

Oʻzbekistondagi Buyuk Britaniya elchisining yordamchisi Devid Spayers oʻz nutqida taraqqiyot nafaqat iqtisodiyot sohasida, balki davlat boshqaruvida ham muhimligini alohida gapirib oʻtdi. Bugun rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar davlat boshqaruvining sifatini takomillashtirish uchun innovatsion yondashuvlardan foydalanmoqda.

Bunyod Avliyoqulov, BMT Taraqqiyot dasturining “Samarali davlat boshqaruvi va raqamli transformatsiyani rivojlantirishga koʻmaklashish” loyiha rahbari”: “Bugun ushbu mavzu maʼmuriy islohotlar sohasida dolzarb masala boʻlib, innovatsiyalarning davlat tuzilmasida ne chogʻli qoʻllanilayotgani oʻta muhimdir”.

Aniya Kalderon, Ochiq maʼlumotlar xalqaro xartiyasi. Maʼlumotlar asosida boshqaruv: “Maʼlumotdan foydalanish – davlat xizmatlarini koʻrsatishda muhim jihat”.

Kristofer Uebber, Ochiq innovatsiyalar boʻlimi, Britaniya Vazirlar Mahkamasi: “Oʻzbekistonda davlat va aholi oʻrtasida qayta aloqa yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Men oʻz maʼruzamni ushbu masalaga tashqi ekspertlarni jalb qilish va ilmiy doiralardan ekspertlarni taklif qilish masalasiga qaratmoqchiman”.

Tadbirning ilk kuni doirasida innovatsion rivojlanish strategiyasi, innovatsion laboratoriyalar, ijodiy fikrlash, asosli siyosat, maʼlumotlar asosida boshqarish, foydalanuvchilar talablarini inobatga olgan holda davlat xizmatlarini loyihalashtirish, shuningdek davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan vositalarni qoʻllash borasida seminarlar, maʼruzalar, taqdimotlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

Maʼruzachilar sifatida innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish, davlat boshqaruvi, ijodiy fikrlash, asosli siyosatni ishlab chiqish, aniq maʼlumotlar asosida boshqarish, davlat xizmatlarini loyihalash sohasidagi mahalliy va xalqaro mutaxassislar taklif etilgan.

Tadbirlarning asosiy qismi Davlat boshqaruvi akademiyasida boʻladi. Shuningdek, xorijiy mutaxassislarning Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti, Inxa universiteti, Toshkentdagi Vestminster universitetiga sayyor maʼruzalari ham rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yilning oktyabr oyida Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan hamjihatlik toʻgʻrisida memorandum imzolangandi. Tomonlar 2030 yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvaffaqiyatli erishish maqsadida innovatsiyalar va boshqaruv yechimlarini joriy qilish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida kelishuvga erishganlar.

Memorandum doirasida quyidagilar nazarda tutilgan:

● Milliy innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash;

● davlat siyosatining yangi modellarini joriy qilish, xizmatlarni loyihalashtirish, fuqarolarni jalb qilish maqsadida 2019 yili innovatsion va boshqaruv yechimlari laboratoriyasini yaratish;

● davlat boshqaruvi, maʼmuriy jarayonlar, aniq maʼlumotlarga asoslangan siyosatni ishlab chiqilishini jadallashtirish hamda davlat xizmatlarini taqdim etilishini takomillashtirish uchun raqamli texnologiyalarni joriy etish;

● boshqaruv innovatsiyalari, biznes-jarayonlarni qayta injiniring qilish, ijodiy fikrlash, intizomiy psixologiya va fanlararo uslublarni qoʻllash sohalarida Vazirlik hamda boshqa davlat tashkilotlarining imkoniyatlarini kengaytirish.

Поделиться