O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
ShHT Milliy koordinatorlari kengashining yig‘ilishi to‘g‘risida
2018-12-03 | ShHT
2018-yilning 28-noyabr – 2-dekabr kunlari Kunmin shahrida (Xitoy) Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekistonning muxtor vakillari ShHT joriy faoliyatiga oid masalalar yuzasidan fikr almashdi.
Yig‘ilishda tashkilot ishchi organlarining bo‘lajak majlislarida qabul qilinishi rejalashtirilayotgan hujjatlarning loyihalari muhokama qilindi.