O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Chelyabinsk davlat madaniyat instituti delegatsiyasi Toshkentda

2018-11-29 | Ta’lim

Chelyabinsk davlat madaniyat instituti rektori Rushanin Vladimir Yakovlevich Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Rossiya delegatsiyasi vakillari institutda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, oʻquv binolari hamda fakultetlardagi amaliy mashgʻulot jarayonlar bilan tanishishdi.

Shuningdek, Chelyabinsk davlat madaniyat instituti rektori Vladimir Yakovlevich hamda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yuldashevning oʻzaro uchrashuvi ham boʻlib oʻtdi.

Unda har ikkala institut rektorlari tomonidan madaniyat va sanʼat, ilm-fanni oʻzaro hamkorlikda rivojlantirish maqsadida kelishuv shartnomalari imzolandi.

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida joriy yilda qayta tiklangan kutubxonachilik yoʻnalishi malakali kadrlar tayyorlashda Rossiya oliy taʼlim

muassasasi bilan hamkorlik qilinadi. Oʻz navbatida Chelyabinsk davlat madaniyat institutida turizm yoʻnalishida malakali kadrlar tayyorlashda Oʻzbekiston
tajribasidan oʻrganiladi.

Поделиться