O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Eng yaxshi profilaktika hamshirasi

2018-11-29 | Sog‘liqni saqlash

Jizzaxda “Eng namunali hamshira” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi. 

OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish, profilaktika tadbirlari samaradorligini oshirish, tajribali tibbiyot xodimlarini ragʻbatlantirishga qaratilgan tanlovda OIV infeksiyasi profilaktikasi boʻyicha faoliyat olib borayotgan hamshiralar ishtirok etdi. 

Ishtirokchilar OIV infeksiyasiga qon olish, yoʻllanma toʻldirish tartibi, olingan qon namunasini laboratoriyaga yetkazish, OIV infeksiyasiga chalingan shaxs bilan boʻladigan muloqot vaqtida oʻzini qanday tutish kabi bir qator shartlar boʻyicha bahslashdi. 

Forish tumani tibbiyot birlashmasi hamshirasi Navbahor Hayitboyeva birinchi, Jizzax shahar tibbiyot birlashmasi hamshirasi Odina Ochilova ikkinchi va Paxtakor tumani tibbiyot birlashmasi hamshirasi Sarvinoz Qoʻshboqova uchinchi oʻrinni egalladi. 

Gʻoliblarga faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi. 

 

Toshqul Beknazarov, Jamshid Yorbekov (surat), OʻzA

Поделиться