O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tez yordam zamonaviy reanimobilda koʻrsatiladi

2018-11-27 | Sog‘liqni saqlash

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) tomonidan begʻaraz yordam sifatida ajratilgan “Toyota” rusumli 6 ta zamonaviy reanimobil topshirildi.

– Prezidentimiz tomonidan keyingi ikki yilda tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini takomillashtirish yuzasidan bitta farmon, uchta qaror qabul qilindi, – deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali bosh shifokori Akbar Tilyakov. – Mazkur hujjatlar asosida soha moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xizmat sifatini oshirish yuzasidan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Tez tibbiy yordam xizmati avtoparki zamon talablari darajasida yangilanayotir. Jumladan, viloyatimiz tez tibbiy yordam xizmatida shu paytgacha 137 ta avtomashinadan foydalanilgan boʻlsa, keyingi yillardagi islohotlar tufayli transport vositalari 259 taga yetdi. Ularning 35 tasi xorijdan keltirilgan zamonaviy reanimobillardir. Ushbu transport vositalarini jihozlash uchun 470 ming dollarlik tibbiy asbob-uskunalar keltirildi. Bugun berilgan zamonaviy reanimobillar esa bemorga tez va samarali tibbiy yordam koʻrsatish uchun barcha sharoit va imkoniyatga ega. Eng soʻnggi rusumdagi tibbiy uskunalar bilan taʼminlangan.

Shuningdek, tadbirda Bulungʻur, Oqdaryo, Payariq, Narpay tumanlari tibbiyot birlashmalari tez tibbiy yordam boʻlimlariga viloyat hokimligi tomonidan ajratilgan maxsus jihozlangan “Damas” tez yordam mashinalari berildi.

Samarqand viloyatida Prezidentimizning 2018 yil 16 oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida shoshilinch tibbiy yordam avtotransport parkini yanada zamonaviylashtirish, tez tibbiy yordam mashinalarini ratsiyalar bilan jihozlash va Call-markaz faoliyatini yoʻlga qoʻyish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Zamonaviy aloqa vositalari bilan jihozlangan Call-markazni dekabr oyining dastlabki kunlarida ishga tushirish moʻljallangan.

 

Gʻ.Hasanov, A.Isroilov (surat), OʻzA

Поделиться