O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qorakoʻlda “Oʻzbekiston yoshlari – yangi zamon bunyodkorlari” shiori ostida yoshlar festivali oʻtkazildi!

2018-11-27 | Jamiyat

Qorakoʻl tuman hokimligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qorakoʻl tuman kengashi, Respublika Maʼnaviyat va Maʼrifat markazi Qorakoʻl tuman boʻlimi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirning ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar mamlakatimiz miqyosida qisqa vaqt davomida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar jarayonida yoshlarning intellektual salohiyatini yanada yuksaltirish, isteʼdodli yigit-qizlarni aniqlash va ragʻbatlantirishga katta eʼtibor qaratilayotgani alohida taʼkidlashdi.

Festival avvalida “Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari matonatli yoshlarning hayot maktabi” loyihasi doirasida Xalqaro Aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshin qoʻmondonligi Buxoro alohida bataloni askarlari ishtirokida harbiy chiqishlar, marshlar namoyish etildi.

“Hokim va yoshlar” uchrashuvida tuman yoshlari mavjud imkoniyat va imtiyozlar xususida maʼlumotlarga ega boʻldilar. Tadbirni ochib bergan tuman hokimi H.Gʻoyirov - “Yurtimiz ertasi yoshlar qoʻlida ekani alohida taʼkidlab, kelajakda oʻz ota-bobolariga munosib vorislar boʻlib, Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qoʻshadigan kerakli kadrlar boʻlib kamol topishlariga ishonch bildirdi.

“Hokim va yoshlar” tadbiri doirasida poytaxtdan tashrif buyurgan targʻibot guruhi rahbari Hilola Yoʻldosheva soʻzga chiqib, yoshlarning savol va takliflariga munosabat bildirdi. Shundan soʻng festivalining maqsad va vazifalari, mazmun-mohiyati xususida atroflicha fikr almashildi.

– Qorakoʻl qalbi qaynoq, mehri daryo insonlar yurti, – deydi Respublika yosh ijodkorlar Kengashi tashkiliy qoʻmita raisi Jamshid Salomov. – Bizning maqsadimiz bevosita xalq ichiga, shijoatkor yoshlar orasiga kirib, ularning qalbini oʻrganish, ochiq muloqotga kirishish, yutuq va tashvishlariga sherik boʻlishdir. Bugun tumanni aylanib, qisqa vaqtda amalga oshirilgan ulkan ishlarga guvoh boʻldik. Odamlarning ruhiyati, yoshlarning shijoatidan quvondik.Tadbir doirasida Qorakoʻl tuman 16-son Musiqa va sanʼat maktabi tarbiyalanuvchisi, Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida boʻlib oʻtgan “Raduga talantov” yosh musiqashunoslar festivali gʻolibi Sunnatbek Bahromqulov, milliy kurash boʻyicha Osiyo oʻyinlari oltin medali sohibi Maʼruf Gʻaybullayevga oʻxshagan bir qator yoshlar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar. Mazkur tadbirda 500 nafardan ziyod kasb-hunar kolleji va umumtaʼlim maktablarining oʻquvchi-yoshlari oʻzlarining ijodiy ishlari, sanʼat asarlari, sheʼr va hikoyalari bilan faol qatnashdilar.

Tadbir doirasida Qorakoʻl tuman 16-son Musiqa va sanʼat maktabi tarbiyalanuvchisi, Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida boʻlib oʻtgan “Raduga talantov” yosh musiqashunoslar festivali gʻolibi Sunnatbek Bahromqulov, milliy kurash boʻyicha Osiyo oʻyinlari oltin medali sohibi Maʼruf Gʻaybullayevga oʻxshagan bir qator yoshlar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar. Mazkur tadbirda 500 nafardan ziyod kasb-hunar kolleji va umumtaʼlim maktablarining oʻquvchi-yoshlari oʻzlarining ijodiy ishlari, sanʼat asarlari, sheʼr va hikoyalari bilan faol qatnashdilar.

Tuman boʻylab “Biznes sayohat, “Yuqori malakali tibbiy xizmat”, “Sport haftaligi”, “Tabiat tarafdorlarimiz” kabi loyihalar doirasida tashkil qilingan bir qator tadbirlar ham yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

 

Rabbonaqul Muxtorov

Поделиться