O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hurmatli tadbirkorlar!
2018-11-27 | Iqtisodiyot
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Germaniya Federal iqtisodiyot va texnologiya vazirligi bilan hamkorlikda tadbirkorlik subyektlarini oʻqitish, tashkilotlar rahbarlarini malakasini oshirish va boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash maqsadida 2006-yildan buyon “Boshqaruv xodimlarni tayyorlash” (GIZ) loyihasini amalga oshirib kelmoqda.
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, loyiha doirasida korxona va tashkilotlarining bosh mutaxassislari Germaniya Federal Respublikasida (GFR) amaliyot oʻtab kelib oʻz malakalarini oshirishi yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, shu kunga qadar Respublikamizning barcha hududlaridan jami boʻlib 401 nafar mutaxassislar GFRda amaliyot oʻtab qaytishgan. Loyihani davom ettirish hamda, GFR bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida loyihani 2021-yilgacha uzaytirish moʻljallangan.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 28-noyabr kuni soat 10:00 da Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasida Germaniya Federal iqtisodiyot va texnologiya vazirligi departamenti direktor oʻrinbosari Doktor Xayns Xetmayer boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtadi. Mazkur uchrashuvda Hamkorlik kelishuvi imzolanishi koʻzda tutilgan.