Turkiyaning Antaliya shahrida muaytay boʻyicha yoshlar va kattalar oʻrtasida oʻtgan jahon kubogida sportchilarimiz uch oltin va ikkitadan kumush hamda bronza medallarini qoʻlga kiritdi.
Mazkur musobaqada dunyoning 36 mamlakatidan kelgan 1250 nafar sportchi gʻoliblik uchun oʻzaro raqobatlashdi.
Jahon kubogida mamlakatimiz sharafini 18 nafar muaytaychi himoya qildi. Boburjon Turumov, Mirzabek Mirzayev, Firuz Davlatov oʻz vazn toifalarida shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi.
Shuningdek, musobaqada terma jamoamizga Shahram Hasanxonov, Javohir Muinjonov kumush, Zubaydullo Qahramonov va Shahriyor Asqaraliev bronza medalini keltirdi.
J.Toshxoʻjayev, OʻzA