O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Rasmiy munosabat: Ichki ishlar vazirligi nomidan tarqatilgan e’lon soxta
2018-11-26 | Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Barcha fuqarolar diqqatiga! Shoshilinch xabar! Ichki ishlar vazirligi quyidagi bayonotni e’lon qiladi” deb boshlanib, tarqatilgan e’lon O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlanmaganligini ma’lum qilamiz.
Hozirgi kunda soxta e’lon tarqatish bilan shug’ullangan ijtimoiy manbalarni aniqlash yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Turli ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan soxta ma’lumotlarga ishonmang. Aniq va to’g’ri ma’lumotlarni faqat rasmiy manbalardan olishingiz mumkin.