O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalq taʼlimi vazirligida M&C Saatchi kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻldi

2018-11-26 | Ta’lim

Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligida M&C Saatchi kompaniyasi xalqaro biznes va maxsus loyihalar direktori Sabrina Xeyneki bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Mehmonni Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov qabul qildi va sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadlari haqida soʻzlab berdi.

Taʼkidlandiki, vazirlik maktablarda zamonaviy metodologiyalar asosida xorijiy tillarni va informatika fanlarini oʻqitishni kuchaytirib, maktab bitiruvchilariga axborot texnologiyalari sohasida munosib ish topish imkoniyatini yaratish niyatida.

Sabrina Xeyneki VR/AR texnologiyalari asosida xorijiy tillarni oʻrganish boʻyicha yangi mahsulot haqida gapirib berdi. Shu bilan birga, u bolalarni isteʼdodini aniqlovchi va ularni maʼlum bir mutaxassislikka tayyorlovchi kompaniyalar haqida maʼlumot berdi.

Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi ushbu kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish istagi borligi aytib oʻtildi.

Поделиться