O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi

2018-11-26 | Jamiyat

Qurolli Kuchlar akademiyasining majlislar zalida Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining oʻrinbosari – Jamoatchilik kengashi raisi Iqboljon Mirzaaliyev, mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Azizbek Ikromov hamda kengash aʼzolari ishtirok etgan yigʻilishda Jamoatchilik kengashining xalq va milliy armiya oʻrtasida uzviy bogʻliqligi muhokama qilindi, hamfikrlik hamda yakdillikni yanada mustahkamlash boʻyicha taklif va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, kengash tomonidan Oʻzbekiston Prezidentining 2018 yil 4 avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Yigʻilish davomida Jamoatchilik kengashi aʼzolarining Mudofaa vazirligi rahbariyatiga boʻlgan takliflari tinglandi.

Kengash aʼzolari tomonidan Qurolli Kuchlar tashkil etilganligining 27 yilligin munosabati bilan oʻtkaziladigan tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda targʻibot-tashviqot ishlari rejasi belgilab olindi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra, Jamoatchilik kengashining iyul oyida boʻlib oʻtgan yigʻilishida Kengash va uning mintaqaviy boʻlinmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, kam sonli aʼzolargina faollik koʻrsatayotgani tanqid qilinib, bunga nisbatan keskin choralar koʻrish taklifi bildirilgan edi.

 

Z. Jonibekov, OʻzA

Поделиться