O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qozogʻistonning Qiziloʻrda viloyatidagi YTH toʻgʻrisida
2018-11-26 | Jamiyat
TIV Konsullik-huquqiy departamenti maʼlumotlariga koʻra 2018-yilning 22-noyabr kuni soat 20:40 da Samara-Chimkent avtomobil yoʻlida “Vanhol” rusumli avtobus yoʻl-transport hodisasiga uchradi. Haydovchi S.Baltabayevning (Qozogʻiston fuqarosi) muzlama sababli boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida avtotransport vositasi agʻdarilib ketgan.
Qiziloʻrda viloyati Ichki ishlar departamenti Orol tumani IIB bergan xabarga koʻra avtobusdagi 36 yoʻlovchining 34 nafari Oʻzbekiston fuqarolari va 2 tasi Qozogʻiston fuqarolari boʻlgan.
1986-yilda tugʻilgan Oʻzbekiston fuqarosi Zokir Ruzumuratovich Axrorov olingan jarohatlar oqibatida Orol tumani shifoxonasida vafot etdi.
Oʻzbekistonning 7 nafari fuqarosi – O.Abdukarimov, I.Maʼmurov, A.Samiboyev, N.Askarov, R.Maxmarizayev, K.Mamadaliyev, R.Turaboyevlar yengil jarohatlar olishdi va ularga zarur tibbiy yordam koʻrsatildi. Qolgan Oʻzbekiston fuqarolari “Sayahat” mehmonxonasiga joylashtirildi.
Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi Elchixonasi va Olma-ota shahridagi Bosh konsulxonasi jarohatlanganlarga kerakli yordamni koʻrsatmoqda. Qolgan barcha Oʻzbekiston fuqarolari YTH boʻyicha rasmiyatchiliklar yakuniga yetgach tez orada avtobusda Oʻzbekiston chegarasigacha yetkazib qoʻyiladi.