O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida Intellektual mulk agentligi tomonidan matbuot anjumani oʻtkazildi
2018-11-23 | Jamiyat
2018-yil 23-noyabr kuni Intellektual mulk agentligi tomonidan Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida “Plagiat bilan kurashish va internetda mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilishning oʻziga xosligi“ va “Respublikaning Oliy oʻquv yurtlari va FA ilmiy-tekshirish institutlarida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab quvvatlash Markazlarini tashkil etish borasida Agentlik tomonidan olib borilayotgan ishlar“ mavzularida matbuot anjumani oʻtkazildi.
Matbuot anjumanida Intellektual mulk agentligi rahbariyati, mutaxassislari va Agentlikning Intellektual mulk sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv markazi “IP-CENTER“ DUK mutaxassislari qatnashdilar.
Tadbirda qatnashgan respublikamiz OAVlari jurnalistlari uchun Agentlik va oʻquv markazi mutaxassislari tomonidan mavzuga oid maʼruzalar va prezentatsiyalar qilindi.
Shuningdek, tadbir soʻnggida jurnalistlarga sohaning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish va Intellektual mulk agentligining boshqa faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida axborotlar berildi.