O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Poytaxtda quvvatlanuvchi uskunalar paydo boʻladi
2018-11-23 | Jamiyat
Bugun poytaxt koʻchalarini obodlashtirishda benzin sarfi bilan ishlaydigan oʻt oʻruvchi uskunalar katta miqdorni tashkil etadi. Bu esa koʻchalarda shovqinlarning sezilarli darajada ortishiga olib kelmoqda. Shuningdek, bu jarayon atrof-muhit, xususan ekologiyaga ham oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatadi.
Ana shu muammolarni bartaraf etish yuzasidan Toshkent shahar hokimligida “Greenworks” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Mehmonlar muzokaralar davomida shaharni obodonlashtirishga xizmat qiluvchi uskunalar modelini taqdim etishdi. Ular orasida trimmerlar, choʻtkali asboblar, quvvatlanuvchi uskunalar bor.
Muzokaralarda poytaxt hokimligi rahbariyati namoyish etilgan modellardan kelgusida obodonlashtirish ishlarida foydalanishni taʼkidlashdi. Bu oʻz navbatida hududlarni tozalash jarayonida shovqin darajasini kamaytirish orqali shahar aholisi va mehmonlarga qulaylik yaratishni taʼminlaydi.