O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Taraqqiyot” respublika tanlovining 1-tur onlayn test bosqichi joriy yilning 25-30 noyabr kunlari oʻtkaziladi

2018-11-23 | Jamiyat

Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish boʻyicha “Taraqqiyot” respublika tanlovining nomzodlar tomonidan kelib tushgan anketalarini oʻrganib chiqib saralash bosqichi yakunlandi hamda joriy yilning 20-noyabr kuni rasmiy portal (taraqqiyot-tanlov.uz)da rasman eʼlon qilindi.

Hozirda 1-tur onlayn test bosqichiga tayyorgarlik jarayonlari ketmoqda. Tanlov ishtirokchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, onlayn test bosqichlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida joylashgan oliy taʼlim muassasalarida oʻtkaziladi. Har bir hudud boʻyicha onlayn test bosqichlari oʻtkaziladigan oliy taʼlim muassasasi, manzili rasmiy portal (taraqqiyot-tanlov.uz)ning “Yangiliklar” menyusida joylashgan xaritada koʻrsatilgan.

Tanlovni tashkil etish boʻyicha qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-maydagi PQ-3755-sonli qarorining 2-ilovasiga muvofiq, 1-tur onlayn test bosqichi joriy yilning 25-30-noyabr kunlari oʻtkaziladi. Nomzodlar sonidan kelib chiqib, onlayn test jarayonlari 2 smenada (9:00-12:00, 13:00-16:00) oʻtkazilishi nazarda tutilgan. Shu munosabat bilan, joriy yilning 23 noyabr kuni har bir nomzod “qachon, qaysi vaqtda, qayerda test topshirishi” boʻyicha maʼlumot (roʻyxat) rasmiy portal (taraqqiyot-tanlov.uz)ning“Yangiliklar” menyusida eʼlon qilinadi.

Nomzodlar oʻzlariga belgilangan vaqtda fuqarolik pasporti (yoki tegishli tashkilot tomonidan tasdiqlangan (imzo va muhr) maʼlumotnoma hamda pasport nusʼhasi) bilan kelishi soʻraladi.

Tanlovga belgilangan vaqtda xizmat safari yoki maʼlum sabablarga koʻra Respublikaning boshqa hududida boʻlgan nomzodlar oʻzlariga yaqin boʻlgan test oʻtkaziladigan oliy taʼlim muassasasiga kelib, onlayn testlarni topshirishlari mumkin.

Eslatib oʻtamiz, 1-tur onlayn test bosqichida Aqliy salohiyat (IQ), Psixologik barqarorlik va xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz tillaridan ixtiyoriy bittasini) boʻyicha test sinovlari boʻlib oʻtadi.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun, Call center faoliyat yuritmoqda : +99871 239 12 98; +99871 232 61 47

Поделиться