O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro hamkorlik natijalari

2018-11-23 | Jamiyat

2018-yil 21-noyabr kuni Xalqaro mehnat tashkilotining “Uchinchi tomon monitoringi” loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasida olib borilgan ishlar sarhisobi, erishilgan natijalar va istiqbolli rejalar muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro mehnat tashkilotining “Uchinchi tomon monitoringi” loyihasi O‘zbekiston Hukumatining paxta terimi mavsumida bolalar mehnati va majburiy mehnatga to‘liq barham berish yo‘lidagi sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan va shu maqsadda Butunjahon banki hamda tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Xususan, XMT tomonidan taqdim etilgan hisobotga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida yurtimizda majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha quyidagi natijalarga erishilgan:

- Hukumat yig‘ilishlari va qarorlariga nisbatan shaffoflik;
- talabalar, o‘qituvchilar, shifokorlar va tibbiyot xodimlarini markazlashtirilgan tartibda ishga yollashning tugatilishi;
- ixtiyoriy ishga yollanishni belgilovchi omil sifatida moddiy rag‘batlantirishrga alohida e'tibor qaratilishi;
- joriy yilda paxta terimchilari mehnat haqlarining sezilarli darajada oshirilishi;
- huquq himoyachilari tomonidan paxta terimi monitoringini erkin tarzda o‘tkazish imkoniyati;
- majburiy mehnat bilan bog‘liq tanqidiy masalalarni yoritishda jurnalistlarni rag‘batlantirish;
- pensiya jamg‘armasi va kasaba uyushmasi fondiga o‘tkaziladigan badallarning bekor qilinishi;
- majburiy mehnatga jalb qilish holati bo‘yicha qayta aloqa tizimining ishga tushirilishi.

Jumladan, qayta aloqa tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga majburiy mehnatga jalb qilish holati bo‘yicha 2000 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan va ular jami 200 nafar mehnat huquq inspektorlari tomonidan respublikaning barcha hududlari kesimida tezkor o‘rganilib, tegishli chora-tadbirlar ko‘rilgan. Xususan, 2018-yilgi paxta terimi mavsumida mehnat huquqlarini buzganligi uchun 169 nafar hokim, mansabdor shaxslar va rahbarlar lavozimidan ozod etish yoki tushirilish, jarima tayinlash singari jazolar bilan ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

Toshkent “Wyndham” mehmonxonasining konferensiyalar zalida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida shu kabi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Tadbirda AQSh, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Germaniya davlatlarining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchilari, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Eduards Striprays, Butunjahon banki vakilligining O‘zbekistondagi rahbari Xideki Mori, XMTning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha byuro direktori Olga Kulayeva, Cotton Campaign vakili Bennet Friman, BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Freyzer, XMTning bosh texnik maslahatchisi Yonus Astrup, Human Rights Watch vakili Stiv Sverdlov, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Tanzila Norboyeva, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi Zayniddin Nizomxo‘jaev, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov, O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi markazi direktori Akmal Burhonov hamda boshqa davlat organlarining mas'ul vakillari va huquq himoyachilari ishtirok etdi. Davra suhbatida “Amerika ovozi” muxbiri Navbahor Imomova moderator sifatida qatnashdi.

Ta'kidlash o‘rinliki, tadbirda ishtirok etgan xalqaro tashkilotlar vakillari O‘zbekistonda majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha so‘nggi ikki yillikda sezilarli ishlar olib borilayotganligini alohida e'tirof etishdi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan qabul qilinayotgan me'yoriy-huquqiy hujjatlarning mavjud muammolarni bartaraf etish yo‘lida aniq chora-tadbirlarni belgilab berayotgani va shunga muvofiq davlat mexanizmi ishga tushirilgani qayd etildi.

Shuningdek, davra suhbatida kelgusi rejalar va istiqbolli hamkorlik masalalari borasida ham fikrlar bildirildi. Majburiy mehnatga qarshi kurashishda kuzatilayotgan muammo va kamchiliklar aytilib, o‘zaro savol-javoblar tashkil etildi.

Davra suhbati yakunida Xalqaro mehnat tashkilotining “Taraqqiyot strategiyasi markazi”, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan hamkorlikda “Mehnat huquqlari, ayniqsa, paxta terimida majburiy mehnat va bolalar mehnatining oldini olish” mavzusida o‘tkazgan eng yaxshi jurnalistik material tanlovi g‘oliblari e'lon qilindi.

Поделиться