O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining 2018-yil 9-oylik yakunlari

2018-11-23 | Iqtisodiyot

“Oʻzbekenergo” AJ tomonidan elektr energetika sohasining yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlari va barqaror ishlashiga erishish maqsadida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va ishlab chiqarilayotgan, shuningdek, ishlab chiqarishga moʻljallanayotgan mahsulotlar tannarxini pasaytirishni taʼminlaydigan chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqildi.

Joriy yilning 9 oylik yakunlari boʻyicha mahsulot tannarxining pasayishi 100,5 foizni tashkil etdi.

Jamiyat korxonalari tomonidan ishlab chiqarish faoliyati prognoz parametrlarini bajarish taʼminlanmoqda. 2018-yilning 9-oylik yakunlari boʻyicha sohada tovar mahsulot ishlab chiqarish hajmi 99,5 foizni tashkil etdi. Shuningdek, isteʼmolchilarga 45,5 mlrd. kVt·s miqdorda elektr energiyasi hamda 5,2 mln. Gkal issiqlik energiyasi yetkazib berildi.

Mahsulot va xizmatlar eksporti boʻyicha prognoz koʻrsatkichlari 119,5 foizga bajarildi. Umumiy qiymati 942,7 mln. soʻmga teng mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Tarmoqlarga xizmat koʻrsatish va loyiha-tadqiqot hamda qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi “2018 yilgi Investitsiya va infrastruktura loyihalar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida“gi PQ-3507 sonli qaroriga muvofiq “Oʻzbekenergo” AJ boʻyicha yangi energiya obyektlarini qurish, amaldagilarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish boʻyicha 5 ta investitsion loyiha amalga oshirilmoqda.

Xususan:

“Taxiatosh IES – Xorazm NS – Sarimoy aholi punkti” oraliqlarida 220 kV havo elektr tarmogʻi qurilishi” loyihasi uchun uskunalar va materiallarni yetkazib berish boʻyicha takroriy xalqaro tender savdolari olib borilmoqda.

- “Toʻraqoʻrgʻon IESi qurilishi” loyihasi boʻyicha, “Mitsubishi Corporation & Mitsubishi Hitachi Power Systems, Ltd" (Yaponiya) asosiy pudratchi tomonidan qurilish maydonchasiga 1-blok uchun asosiy uskunalar keltirildi, oʻrnatish ishlari olib borilmoqda.

- “Quvvati 450 MVt ga teng boʻlgan ikkinchi bugʻ-gaz qurilmasini qurish bilan Navoiy IESni kengaytirish” loyihasi boʻyicha bosh pudratchi “Mitsubishi Corporation & Mitsubishi Hitachi Power Systems, Ltd" (Yaponiya) kompaniyalari konsorsiumi bilan tuzilgan shartnomaga koʻra asosiy va yordamchi uskunalarni yetkazib berishni boshladilar, gaz turbinasi va PGU generatori oʻrnatildi. Qurilish maydonchasida qurilish ishlari olib borilmoqda;

- Taxiatosh IESida 230-280 MVt quvvatga ega ikkita bugʻ-gaz qurilmasini qurish” loyihasi doirasida bosh pudratchi bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha, “Hyunday muhandislik-qurilish kompaniyalari konsorsiumi Ltd” asosiy va yordamchi uskunalar yetkazib berish joriy yilning oktyabr oyidan boshlandi. Qurilish maydonchasida qurilish ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 9 oyi mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.11.2016 yildagi №PP-2661 “Quyidagi kuchlanishli elektr tarmoqlarini 2017-2021-yillarda modernizatsiyalash va yangilash dasturi toʻgʻrisida“gi qarori asosida 0,4-6-10 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyalari qurildi va umumiy uzunligi 5,4 ming km boʻlgan va taʼmirdan chiqarilgan 1874 ta transformator stansiyalari, shu jumladan, “Obod qishloq“ dasturi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 29.03.2018 y. № PQ-3630) asosida 1,1 ming km. boʻlgan elektr tarmoqlari va 335 ta TP oʻrnatildi.

“Oʻzbekenergo” AJ korxonalari tomonidan elektr energiyasini hisoblash uskunalarini takomillashtirish boʻyicha ish olib borilmoqda. Oʻtgan vaqt davomida yuridik isteʼmolchilarga 263 mingta uch fazali, 239,9 mingta bir fazali, maishiy isteʼmolchilarga 75,1 mingta uch fazali, 6453,6 mingta bir fazali elektr energiya hisoblagichlari oʻrnatib berildi.

Shuningdek, elektr energiyasi bilan bogʻliq muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, takliflarni oʻrganish maqsadida “Oʻzbekenergo“AJ boshqaruv raisining bevosita nazoratida “Telegram“ messenjerida “Oʻzbekenergo bilan muloqot“ kanali ishga tushirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2017-yil 22-dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatida belgilangan vazifalarni bajarish boʻyicha IEK kompleksining Vazirlar Mahkamasi Hayʼati majlisining 2018-yil 3-yanvardagi 1-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”dagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida jamiyatga taalluqli topshiriqlarni bajarish boʻyicha jamiyatning “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

Respublika Prezidentining respublika hududlariga - Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro, Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlariga isteʼmolchilarga ishonchli elektr energiyasini yetkazib berishga qaratilgan tashrifi natijalari boʻyicha joylarda olingan protokol koʻrsatmalarini bajarish monitoringi amalga oshirilmoqda.

“Oʻzbekenergo” AJ boʻyicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan jamlama maqsadli parametrlarga koʻra 136 ta yangi ish oʻrinlari yaratish nazarda tutilgan, shu jumladan investitsion loyihalarni amalga oshirish doirasida 56 ta hamda sohani rivojlanish dasturi boʻyicha 80 ta ish oʻrinlari yaratilgan.

2018-yilning 9-oyi mobaynida 349 yangi ish oʻrinlari, shu jumladan 52 ta investitsiya loyihasi va sohani rivojlanish dasturi boʻyicha 297 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Oziq-ovqat dasturi doirasida qishloq xoʻjalik mahsulotlari miqdorini oshirish boʻyicha ishlar davom ettirilmoqda.

Поделиться