O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekistonda ilk marotaba eng samarali faoliyat koʻrsatayotgan olimlar taqdirlanmoqda

2018-11-23 | Jamiyat

23 noyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Scopus ilmiy-tahliliy maʼlumotlar bazasi versiyasi boʻyicha eng samarali faoliyat koʻrsatayotgan olimlarni tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtmoqda. 

Ushbu ilmiy anjuman Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Niderlandiyaning Elsevier kompaniyasi bilan hamkorlikda oʻtkazilmoqda. Unda vazirlik va tashkilotlar rahbarlari, QS, Times Higher Education kabi dunyoning yetakchi reyting agentliklari direktorlari, Elsevier kompaniyasi rahbarlari, xorijlik mutaxassislar hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirok etmoqda.

Tadbir doirasida Birinchi ilmiy forum ham oʻtkazilishi rejalashgtirilgan va unda maqola yozish, ilmiy jurnallarni indeksatsiyalash va xalqaro reytinglarga kirish metodologiyasini oʻrgatish boʻyicha mahorat darslari boʻlib oʻtadi. 

Mazkur ilmiy anjuman “Ilm-fan – 2020” hamkorlik dasturi doirasida boʻlib oʻtmoqda. Joriy yilning 23 mart kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Elsevier kompaniyasi oʻrtasida respublika oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, ularni dunyoning yetakchi reyting agentliklari tomonidan eʼtirof etilishini taʼminlashga qaratilgan “Ilm-fan – 2020” hamkorlik dasturi imzolangan edi.

Поделиться