O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Atabek Nazirov: “Maktabda bolalarni tanqidiy fikrlashga oʻrgatishimiz lozim”

2018-11-23 | Ta’lim

Maktablarda oʻquvchilar darsliklarda berilayotgan maʼlumotlarni yodlashlari kerak emas, ularda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishimiz kerak. Bu haqda Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Atabek Nazirov Global tadbirkorlik haftaligi (Global Entrepreneurship Week Uzbekistan) doirasida taʼkidladi.

“Biz bolalarni birinchi sinfdan “Nima uchun?” degan savolni berishga oʻqitmaymiz, biz tanqidiy fikrlashga oʻrgatmaymiz. Hozirda biz xorijlik hamkorlarning bu yoʻnalishdagi tajribalarini oʻrganish va bu tajribani bizning oʻqituvchilar uchun moslashtirish boʻyicha ish olib boryapmiz. Oʻqitish metodologiyasi bolalarni mustaqil maʼlumot va bilim olishga oʻrgatishi kerak. Agar biz bolalarni tanqidiy fikrlashga oʻrgatsak, internet davrida ular savollarga oʻzlari javob olishlari mumkin”, – deydi Atabek Nazirov.

Xalq taʼlimi tizimi nafaqat fundamental va gumanitar fanlardan bilim berishi va oliy oʻquv yurtlariga tayyorlashi, shuningdek birinchi oʻrinda yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlashi hamda mehnat va tadbirkorlik faoliyati uchun kerakli koʻnikmalarni ham berishi kerak.

Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosarining maʼlumotiga koʻra, xalq taʼlimi tizimida 10 mingga yaqin maktablar faoliyat yuritmoqda, ularda yarim mln.ga yaqin oʻqituvchi 6 mln.ga yaqin bolalarga taʼlim bermoqdalar. Hozir kunda, afsuski, 10% maktab bitiruvchilarigina oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirmoqdalar.

Vazir oʻrinbosari oʻzbek yoshlarini xalqaro miqyosdagi imkoniyatlari haqida quyidagi fikrlarni aytib oʻtdi. – Dengizga chiqishga va arzon logistikaga ega boʻlmagan Oʻzbekistonga boshqa mamlakatlar bilan, ayniqsa tayyor mahsulotlar eksport bozorida raqobat qilishi qiyin boʻladi. Ammo raqobat qilish mumkin boʻlgan sektorlar bor. Uning fikriga koʻra, shunday sektorlardan biri axborot texnologiyalari bozoridir. Dizayn yoki dasturlash boʻyicha bilimlarga ega boʻlgan bizning mutaxassislar xorijlik kompaniyalarga ishlashlari va munosib pul topishlari mumkin. Shu bilan birga, yuqori qiymatli ichki xizmat bozori ham katta imkoniyatlarga ega, ular sirasiga sogʻliqni saqlash, taʼlim, turizm, moliya, yuridik xizmatlar va boshqalarni qoʻshish mumkin.

“Biz oʻquv dasturlarini qayta koʻrib chiqmoqdamiz. Misol uchun, axborot texnologiyalari boʻyicha dasturlar qayta koʻrilyapti, biz oʻquvchilarga dasturlashni oʻrganish va maktabni bitirganlaridan soʻng pul topish uchun imkoniyat yaratishimiz kerak”,– deydi Atabek Nazirov. “Shuningdek, biz oʻrta maktabning yuqori sinf oʻquvchilariga oʻqishni istagan fanlarini tanlash imkoniyatini berishimiz kerak. Taʼlim tizimimiz sovet tizimiga asoslangan va biz bolalarga bir vaqtning oʻzida hamma narsani oʻrgatishga harakat qilmoqdamiz. Barchani kimyogar yoki tarixchi qilishning iloji yoʻq, shunga koʻra, biz oʻquv dasturlarini oʻzgartirishmiz kerak. Men AQSHda oʻqidim, u yerda oʻquvchilar taʼlimning oxirgi yillarida oʻzlari qiziqqan darslarni tanlashlari mumkin. Biz ham oʻquvchilarni qiziqtirgan fanlarini oʻrganishga va ularni oʻz salohiyatini koʻrsatishiga imkon berishimiz kerak”.

“Biz maktablarni markazlashishdan toʻliq chiqarish va ortiqcha qoidalardan ozod etish gʻoyasini ilgari surmoqdamiz. Mavjud qoidalarni soddalashtirishimiz va maktab direktorlari hamda oʻqituvchilariga oʻquv dasturini shakllantirish, qanday dars berish va qaysi fanlarni oʻqitishni belgilash imkoniyatini berishimiz kerak, ammo bu oson emas, murakkab jarayon”, - dedi vazir oʻrinbosari.

Поделиться