O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston boʻylab sayohatlar uchun kreditlar!
2018-11-23 | Turizm
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018 yil 7 fevraldagi PQ-3514-sonli qarori ijrosi doirasida tijorat banklari tomonidan aholiga Oʻzbekiston boʻylab sayyohlik turlarini sotib olish uchun isteʼmol kreditlarini ajratish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, hozirgi kunga qadar Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining olgan maʼlumotlariga koʻra, tijorat banklari tomonidan aholiga Oʻzbekiston boʻylab sayyohlik turlarini sotib olish uchun jami 400,0 mln. soʻmdan ortiq isteʼmol kreditlari ajratilgan.
Ushbu isteʼmol kreditlarini ajratilishi, ichki turizmni yanada rivojlantirish hamda aholini mamlakatimiz boʻylab sayohat qilishga boʻlgan qiziqishlari ortayotganligidan dalolat beradi.
Tijorat banklari tomonidan olingan maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston boʻylab sayyohlik turlarini sotib olish uchun ajratiladigan isteʼmol kreditlari summasi 2019 yilda joriy yilga qaraganda yuqori boʻlishi kutilayotganligi bildirib oʻtilgan.
Sizni ham Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilishga chorlab qolamiz.