O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tish-jagʻ anomaliyalarini tashxislash va bashoratlash uchun “Cephalopro“ dasturi yaratildi
2018-11-20 | Fan
Dasturiy mahsulot inson tish-chagʻ sohasining yondan va oldindan olingan rentgen tasviriga asosan qator tahlillar usullaridan foydalangan holda bemorlarga tashxis qoʻyishni avtomatlashtirish uchun moʻljallangan.
Dastur ikki oʻlchovli tasvir asosida qator usullar yordamida tahlillarni olib borish, tasvir qismlarini kattalashtirib koʻrish, bemorlarni roʻyxatga olish, ishlash davomida jarayonni vaqtinchalik saqlash va undan qaytadan foydalanish, bemorga tegishli natijalarni saqlash va ularni chop etish, ishlash davomida foydalanuvchilarga turli muhim maʼlumotlarni berish orqali ular ishiga yordam berish kabi funksional imkoniyatlarga ega.
Dasturning mualliflar guruhiga DGU 05626 -raqamli guvohnoma berildi.