O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mahsulotlarini eksportga chiqarayotgan mahalliy korxonalarimiz amaldagi qanday soliq imtiyozlaridan foydalanmoqda?

2018-11-20 | Iqtisodiyot

2018-yilning 9-oyi davomida mahsulotlarini eksportga chiqarayotgan 25 ta mahalliy korxona 1164,4 mln. soʻmlik soliq imtiyozlaridan foydalandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-iyundagi “Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3077-sonli Qarori tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada liberallashtirish, eksportga mahsulot yetkazib berish hajmini koʻpaytirishni ragʻbatlantirish, mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarning raqobatdoshligini va moliyaviy barqarorligini oshirish, ortiqcha va eskirgan ruxsat berish tartibotlarini bekor qilish orqali ishbilarmonlik muhitini takomillashtirishga xizmat qilayotganligi bilan ahamiyatlidir.

Ushbu qarorning 1-bandiga muvofiq, eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida 2017-yilning 1-iyulidan boshlab,

tadbirkorlik subyektlariga yangi meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlari haqini oldindan 100 foiz toʻlash sharti bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida eksport qilishga ruxsat etildi;

oʻzi ishlab chiqargan tovarlarni xorijiy valyutaga ularning tannarxidan past narxlar boʻyicha mustaqil ravishda yoki vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalarining tashqi savdo tashkilotlari orqali eksport qiluvchi tashkilotlarga, Prezidentimizning 2012-yil 26-martdagi PQ-1731-sonli qarori bilan tashkil etilgan Mahsulotlarni jahon bozorida haqiqiy vujudga kelgan, shu jumladan, tannarxidan past narxlar boʻyicha eksport qilish masalalarini koʻrib chiquvchi Maxsus ekspert komissiyasi qarorlari asosida, soliq solish maqsadida tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) sotishdan olingan tushumlar miqdori tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) sotishning haqiqiy narxidan kelib chiqqan holda aniqlanishi;

oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni eksport qiluvchi tashkilotlar uchun amalda boʻlgan imtiyozlar va preferensiyalar oʻzlari egasi boʻlgan mahsulotlarni eksport qiluvchi tashkilotlarga ham tatbiq etilishi;

keltirilayotgan va ishlab chiqarilayotgan tovarlarning muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish muddatlari 3 ish kunigacha qisqartirilishi belgilandi.

Bundan tashqari, Prezidentimizning 2000-yil 5-iyundagi “Eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-2613-sonli Farmoni eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning eksport salohiyatini kengaytirish, ularni mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, amaldagi soliq imtiyozlarini tartibga solish va eksportga moʻljallangan raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirishga shunday imtiyozlarning ragʻbatlantiruvchi taʼsirini kuchaytirish maqsadida qabul qilingan.

Ushbu farmon bilan eksport qiluvchi korxonalar uchun foyda soligʻi va mulk soligʻini toʻlash tartibi umumiy sotish hajmida oʻzlari egasi boʻlgan va erkin almashtiriladigan valyutaga sotilgan tovarlar, ishlar, xizmatlar eksportidagi (ishlar bajarilgan, xizmatlar koʻrsatilgan joydan qatʼiy nazar) ulushiga bogʻliq holda quyidagicha:

eksport ulushi 15 foizdan 30 foizgacha miqdorda boʻlganida – belgilangan foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi va mulk soligʻi stavkalari 30 foizga kamaytirilishi;

eksport ulushi 30 va undan koʻproq foiz boʻlganida – belgilangan foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi va mulk soligʻi stavkalari 50 foizga kamaytirilishi belgilangan.

Поделиться