O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jujanna Yakab: ikki yil ichida tibbiyotni isloh qilishga qaratilgan 130 ga yaqin hujjat qabul qilinishi dunyoning bironta davlatida kuzatilmagan

2018-11-20 | Sog‘liqni saqlash

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Jujanna Yakab bilan uchrashdi.

Doʻstona ruhda oʻtgan muloqotda mamlakatimizda tibbiyot sohasida yuz berayotgan oʻzgarishlar, shuningdek, oʻzaro munosabatlarni yanada rivojlantirish borasida koʻplab imkoniyatlar mavjudligiga eʼtibor qaratildi.

Jumladan, Alisher Shodmonov yurtimizda soʻnggi yillarda sogʻliqni saqlash tizimidagi ijobiy oʻzgarishlar, aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatining oshib borayotgani, sohada qabul qilinayotgan meʼyoriy hujjatlar, istiqboldagi reja va dasturlar haqida atroflicha maʼlumot berdi. 

– Mamlakatingizdagi tibbiyot sohasiga oid oʻzgarishlarni diqqat bilan kuzatib boryapmiz. Eʼtiborli tomoni, dunyoning bironta davlatida kuzatilmagan holat, soʻnggi ikki yil ichida sogʻliqni saqlashni isloh qilishga qaratilgan 130 ga yaqin hujjat imzolanganidir, – deydi Jujanna Yakab. – Tibbiyot tizimini isloh qilish boʻyicha 2025 yilgacha moʻljallangan 7 yillik rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ham atroflicha oʻrganib, takliflarimizni berdik. Ishonamanki, dunyo davlatlarining eng ilgʻor tajribalarini oʻzida uygʻunlashtirgan ushbu konsepsiya tizimni yanada rivojlantirish, aholi salomatligini asrash barobarida, soha xodimlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash imkonini ham beradi. 

Eslatib oʻtamiz, ertaga Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda “Barqaror rivojlanish maqsadlari davrida Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlashni isloh qilish” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etiladi. 

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Jujanna Yakabning yurtimizga tashrifi davom etmoqda.

 

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Axborot xizmati

Поделиться