O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buxoro shahar Davlat xizmatlari markazi qaysi jihatlari bilan hayratga soladi?

2018-11-20 | Jamiyat

Buxoro shahrida yangi Davlat xizmatlari markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda adliya vaziri Ruslanbek Davletov va boshqa mutasaddi vakillar ishtirok etishdi.

Unda taʼkidlanishicha, endilikda uzoq vaqt navbat kutmasdan va ortiqcha ovoragarchiliklarsiz jismoniy va yuridik shaxslar “yagona darcha” tamoyili asosida yuzdan ortiq davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

Masalan, bu yerda eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish, biometrik pasport olish, FHDYO va notariat organlari xizmatidan foydalanish mumkin. Yangi markazda tajriba asosida ilk bor avtomobil raqamlarini berish xizmati joriy etildi.

Buxoro shahridagi zamonaviy Davlat xizmatlari markazi yuksak darajadagi qulayliklarni oʻz ichiga olgan. Tashrif buyuruvchilar uchun jami 88 ta qabul darchasi faoliyat yuritmoqda.

Markazda barcha narsalar puxta oʻylangan. Bu yerga tashrif buyuruvchilarga qulay boʻlishi uchun zalda yoʻl koʻrsatkichlar, axborot displeylari oʻrnatilgan, konsultantlar esa u yoki bu xizmat uchun qaysi darcha yoki kimga uchrashish kerakligini tushuntiradi. Infokiosklar ham ishlab turibdi. Ular yordamida har bir fuqaro elektron davlat xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Elektron navbat tizimi ham yoʻlga qoʻyilgan.

Ona va bola xonasi, davlat bojini toʻlash uchun kassa va bankomat amal qilmoqda. Lift va eskalator oʻrnatilgan boʻlib, bu ayniqsa aravachali yosh onalar va imkoniyati cheklangan shaxslar hamda katta yoshdagi kishilar uchun qulaydir. Umuman olganda, har bir mijozga individual yondashuv mavjud boʻlib, turli yosh guruhlari va ijtimoiy qatlamlarning ehtiyojlari hisobga olingan. Shu bilan birga, yuqorida qayd etilganlarning barchasi yangi Davlat xizmatlari markazlari uchun standart jihozlash toʻplamidir. Yil oxirigacha ularning soni 50 taga yetadi.

Buxorodagi markazning innovatsiyalaridan biri — bu navbat kutishda vaqtni zoye oʻtkazmaslik uchun Wi-Fidan bepul foydalanish, elektron kutubxona, davlat xizmatlaridan foydalanish usullarini tushuntiradigan robot faoliyatining yoʻlga qoʻyilganidir.

1764 kvadrat metr maydonda qad rostlagan ikki qavatli binoda markazdan tashqari Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining hududiy boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi ham joylashgan.

Поделиться