O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekistonda VAR tizimi tatbiq etilishi mumkin
2018-11-20 | Sport
Joriy yilning 19 noyabr kuni Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Milliy olimpiya qoʻmitasida “Hawk-Eye Innovations Ltd” kompaniyasi Osiyo mintaqasi boʻlimining boshqaruvchi direktori Ben Krossing bilan uchrashuv oʻtkazdi.
“Oʻzbekistonga xush kelibsiz. Bizda futbolni juda sevishadi. Biz futbol bilan bir qatorda, hakamlik tizimini ham rivojlantirish boʻyicha bir qator ishlarni amalga oshiryapmiz. Oʻzbek futboliga VAR tizimini olib kirish ham bugungi kunda oldimizda turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu borada bizga yordam beradigan sizdek mutaxassisni koʻrib turganimizdan xursandmiz”, - deb soʻz boshladi Umid Ahmadjonov.
Oʻz navbatida Ben Krossing kompaniya koʻplab mamlakatlarda ish olib borishini, yangi hamkorlikdan faqat va faqat xursand boʻlishini taʼkidladi.
“VAR tizimini oʻrnatish uchun 4-8 oy vaqt ketadi. Uning narxi kelishuv shartlariga bogʻliq. Masalan, buning uchun mahalliy kompaniyalarni jalb qilsangiz bu siz uchun arzonroq tushadi. Agar besh yillik kelishuv amalga oshirilsa, yanada yaxshiroq sharoitlar yaratiladi. Joʻnab ketish oldidan yurtingizdagi stadionlardan birini koʻzdan kechiraman”, - dedi mutaxassis.
Tomonlar uchrashuv davomida shuningdek, VAR tizimiga oid bir qator yangiliklarni ham muhokama qildilar. Umid Ahmadjonov ushbu tizimni Oʻzbekistonda tatbiq etish shartlari, yana boshqa jihatlar bilan qiziqdi. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Milliy olimpiya qoʻmitasida “Hawk-Eye Innovations Ltd” kompaniyasi Osiyo mintaqasi boʻlimining boshqaruvchi direktori Ben Krossing bilan uchrashuv oʻtkazdi.
“Oʻzbekistonga xush kelibsiz. Bizda futbolni juda sevishadi. Biz futbol bilan bir qatorda, hakamlik tizimini ham rivojlantirish boʻyicha bir qator ishlarni amalga oshiryapmiz. Oʻzbek futboliga VAR tizimini olib kirish ham bugungi kunda oldimizda turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu borada bizga yordam beradigan sizdek mutaxassisni koʻrib turganimizdan xursandmiz”, - deb soʻz boshladi Umid Ahmadjonov.
Oʻz navbatida Ben Krossing kompaniya koʻplab mamlakatlarda ish olib borishini, yangi hamkorlikdan faqat va faqat xursand boʻlishini taʼkidladi.
“VAR tizimini oʻrnatish uchun 4-8 oy vaqt ketadi. Uning narxi kelishuv shartlariga bogʻliq. Masalan, buning uchun mahalliy kompaniyalarni jalb qilsangiz bu siz uchun arzonroq tushadi. Agar besh yillik kelishuv amalga oshirilsa, yanada yaxshiroq sharoitlar yaratiladi. Joʻnab ketish oldidan yurtingizdagi stadionlardan birini koʻzdan kechiraman”, - dedi mutaxassis.
Tomonlar uchrashuv davomida shuningdek, VAR tizimiga oid bir qator yangiliklarni ham muhokama qildilar. Umid Ahmadjonov ushbu tizimni Oʻzbekistonda tatbiq etish shartlari, yana boshqa jihatlar bilan qiziqdi.