O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Buxoro tibbiyot institutiga Qashqadaryo viloyatidan 50 nafar abituriyent talabalikka qabul qilinadi
2018-11-20 | Ta’lim
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2018 yilning 9 noyabr kuni sogʻliqni saqlash masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Buxoro tibbiyot institutiga Qashqadaryo viloyatidan 50 nafar abituriyent oʻqishga qabul qilinadi.
Bunda 2018/2019 oʻquv yilida respublika tibbiyot oliy taʼlim muassasalariga “5510100-Davolash ishi”, “555510200-Pediatriya ishi” taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha hujjat topshirgan, kirish test sinovlarida ishtirok etib belgilangan kvota asosida oʻqishga kira olmagan va kirish test sinovlarida maksimal ballning 30 foizi (56,7 ball)dan kam boʻlmagan natijaga erishgan, Qashqadaryo viloyatida doimiy yashovchi (qabul vaqtidagi yashash joyi asosida) abituriyentlar tarkibidan ballar ketma ketligini qatʼiy hisobga olgan holda jami 50 nafar abituriyent, 25 nafar davlat granti va 25 nafar toʻlov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilinadi.
Ushbu abituriyentlar bakalavriat taʼlim yoʻnalishini tugatishi bilan Qashqadaryo viloyatidagi tibbiyot kadrlari yetishmayotgan tumanlarda besh yillik ishlab berish sharti bilan oʻqishga qabul qilinadi.