O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari pedagog kadrlari attestatsiya natijalarini oʻrganilmoqda

2018-11-19 | Ta’lim

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 515-sonli qarorida Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalaridan biri sifatida pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish belgilangan.

Davlat inspeksiyasi ushbu asosiy vazifani bir qator normativ-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, joriy yilda oʻtkazilgan pedagog kadrlar attestatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-apreldagi 107-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom” Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 21-dekabrda 2849-raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlari” asosida tashkil etildi va oʻtkazildi.

Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazishning asosiy vazifalari oʻquv fani boʻyicha malakasi, dars oʻtish mahorati, mehnati samaradorligi va ijtimoiy-siyosiy bilimlarini oshirgan pedagog kadrlarni ragʻbatlantirish, ish haqi miqdorini oshirish imkoniyatlarini yaratishdan iborat.

Xalq taʼlimi tizimida oʻtgan 2017-2018-oʻquv yilida oʻtkazilgan pedagog kadrlar attestatsiya jarayonida ishtirok etgan 86 581 nafar pedagoglardan 41 870 nafari yoki (48,4%) oʻz malaka toifalarini oshirishga, shu bilan birgalikda esa oʻzlarining oylik maoshlarini oshirishga muvaffaq boʻlishdi.

Attestatsiya natijalariga koʻra attestatsiya jarayonida ishtirok etgan 86 581 nafar pedagoglardan 4047 (4,7%) nafar pedagoglarga Oliy malaka toifasi, 15915 (18,4%) nafar pedagoglarga birinchi malaka toifasi, 42973 (49,6%) nafar pedagoglarga ikkinchi malaka toifasi va 23646 (27,3%) nafar pedagoglarga esa mutaxassis malaka toifasi berildi.

Davlat inspeksiyasining 2018 yil 8 noyabrdagi 71-xs-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan ishchi guruhi tomonidan Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari pedagog kadrlari attestatsiya natijalari oʻrganilmoqda.

ShukungachaQoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo, Toshkent, Andijon, Fargʻona, Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi hamda saylanma tarzda mazkur hududlardagi 60 ta tuman (shahar) va 200 dan ortiq taʼlim muassasalari attestatsiya komissiyalari faoliyati oʻrganildi.

Oʻrganish jarayonida attestatsiya komissiyasi tuzilganligi, attestatsiya komissiyasi aʼzolarining xolisona shaffof ish olib borganliklari, oliy, birinchi, ikkinchi malaka toifaga talabgor pedagoglar bilan suhbat jarayonlari oʻtkazilganligi talabgor pedagoglarning dars oʻtish mahorati va mehnat samaradorliklari ekspert guruhlari tomonidan xolisona baholanganliklari va oliy, birinchi, ikkinchi malaka toifa sertifikatlariga talabgor boʻlgan pedagoglarga tarqatilganliklari oʻrganildi.

Shu bilan birgalikda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha hududlardagi attestatsiya komissiyalariga uslubiy yordam berilmoqda.

Поделиться