O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Soliq nizolarini sudgacha hal qilish mumkin

2018-11-19 | Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Davlat soliq qoʻmitasida Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi tashkil etildi. 

Shuningdek, Hukumat qarori bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Soliq toʻlovchilar va davlat soliq xizmati organlari oʻrtasidagi soliq nizolarini sudgacha hal qilish kengashi tarkibi va kengash toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Buning natijasida esa, soliq majburiyatlarini bajarishda soliq toʻlovchilarga har tomonlama koʻmaklashish, soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasining taʼsirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va soliq toʻlovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish davlat soliq xizmati organlarini isloh etishning muhim yoʻnalishi sifatida belgilandi.

Kengash raisi etib Moliya vazirining oʻrinbosari tayinlangan. Kengash tarkibidan Savdo-sanoat palatasi raisining oʻrinbosari, Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, adliya vazirining birinchi oʻrinbosari, soliq maslahatchilari palatasi boshqaruvi raisi, auditorlar palatasi kengashi raisi, buxgalterlar va auditorlar milliy uyushmasi kengashi raisi, buxgalterlar federatsiyasi boshqaruvi raisi, advokatlar palatasi raisi oʻrin olgan.

Maslahat organi hisoblanuvchi kengash soliq nizolarini, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi tomonidan avval koʻrib chiqilgan, koʻrib chiqish natijalari soliq nizosini hal qilish uchun Kengashga murojaat qilgan soliq toʻlovchi, soliq agenti va (yoki) soliq toʻlovchining vakilini qoniqtirmagan soliq nizolarini koʻrib chiqish uchun qabul qilinadi.

Kengash qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari doirasida oʻtkazilayotgan soliq tekshiruvlari yuzasidan hamda soliq toʻlovchi soliq nizolari boʻyicha davlat soliq xizmati organlari qarorlari, ularning mansabdor shaxslari harakati yoki harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilgan hollarda soliq nizolari koʻrib chiqilmaydi.

Поделиться