O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Boshliq mavzesida yangi inshootlar foydalanishga topshirildi

2018-11-19 | Jamiyat

“Obod mahalla” davlat dasturiga muvofiq poytaxtimizda keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Ana shunday bunyodkorlik ishlaridan biri Yakkasaroy tumani Boshliq mavzesida ham olib borildi.

Hududda “Lola” nomli 116-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi va “Boshliq” nomli zamonaviy mahalla fuqarolar yigʻini binosining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari Elbek Shukurov va Yakkasaroy tumani hokimi Baxtiyor Shamuratovlar ishtirok etib, mahalla ahlini foydalanishga topshirilgan yangi inshootlar bilan qutladilar. Bu kabi zamonaviy binolar fuqarolarga uzoq muddat xizmat qilishi va hudud chiroyiga koʻrk bagʻishlashini taʼkidlashdi.

Tadbir davomida mahalladagi 127-maktabning kapital taʼmirdan chiqganligi haqidagi yangilik “Boshliq” ahliga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi. Shuningdek, tadbirda bolalar hunarmandchiligi mahsulotlarining savdo yarmarkasi ham tashkil etildi. Tadbir fuqarolarni bir dasturxon ustida yigʻib osh berish bilan yakunlandi.

Поделиться