O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Startap-tashabbuslari” dasturining uchinchi bosqichi oʻz ishini boshladi
2018-11-19 | Innovatsiya
13-noyabr kuni Yoshlarning startap-tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan dastur oʻz ishini boshladi. Tanlov saralashining natijasiga koʻra, “Startap-tashabbuslari” dasturining uchinchi davrida butun Toshkentdan topshirilgan 32 ta startap-loyiha ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, Oʻzbekiston viloyatlaridan topshirilgan loyihalar orasida tanlovi boʻlib oʻtmoqda, va ular uchun mahalliy seminarlar va master-klasslar tashkil etiladi.
Joriy yilda startap-loyihalar mamlakatning barcha hududlarini qamrab oldi. E-tijorat sohasidagi loyihalar, yetkazib berish xizmatlari eng ommaviy boʻlib qolayotganiga qaramasdan, joriy yilda yangi texnologiyalar taqdim etilgan onlayn taʼlim sohasida, qishloq xoʻjaligi va kraudfanding sohasidagi loyihalar ham taqdim etilgan.
Dasturni besh kunlik intensiv seminar boshlab berib, unda ishtirokchilar “LeanStartup” (“tejamkor startap”) usuli boʻyicha starapni ishga tushirish asoslarini oʻrganadilar. Taʼlim qismidan keyin yosh startapchilar loyihalarini amalga oshirishga kirishadilar, yaʼni loyihani rivojlantirish “Yoʻl xaritasini” yaratadilar, prototipni ishlab chiqadilar va sinov sotuvlarini amalga oshira boshlaydilar.
Dastur davomida loyihalarga trekerlar (yaʼni, jamoa rivojlanishi kuzatib, belgilangan maqsadlarga erishish masalalari boʻyicha maslahat beradigan tajribali murabbiylar) yoʻnalish va maslahat berib boradilar. Dasturning har bir bosqichida ishtirokchilar uchun marketing, soliqqa tortish, biznes yuritishning yuridik jihatlariga oid masalalar boʻyicha manzilli mahorat maktablari tashkil etiladi.
Joriy yilda dastlabki davrni oʻtkazish tajribasidan kelib chiqqan holda, asosiy eʼtibor ishtirokchilarga texnik koʻmak koʻrsatishga qaratiladi. Buning uchun murabbiylar va trekerlar sifatida startaplarni yaratishda katta tajribaga ega boʻlgan bozor yetakchilari - tadbirkorlar jalb etilgan. Ekspertlar jamoasi Paynet, MyTaxi, Robokidz asoschilari, StartupFactory akseleratsiya dasturining direktori va boshqa malakali mutaxassislardan iborat.
Uch oylik dastur natijalariga koʻra bitiruvchi-jamoalar biznes-loyihalarini yanada rivojlantirish uchun manfaatdor tashkilotlar va investorlarni jalb qilish maqsadida, oʻz loyihalarini “Demo Day” (namoyish kunida) taqdim etadilar. “Demo Day” yakunlari boʻyicha eng yaxshi deb topilgan beshta loyiha oʻz startaplarini rivojlantirish uchun begʻaraz sarmoya shaklida mablagʻga ham ega boʻladilar.
Joriy yilda alohida seminarlar va mahorat darslari Toshkent shahridan tashqari, Namangan va Samarqand viloyatlarida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham oʻtkaziladi. Dasturning hududiy bosqichi yakunlanganidan soʻng, ekspert guruhi tomonidan saralab olingan 3 tagacha eng yaxshi loyiha Toshkentda boʻlib oʻtadigan “Demo Day” yakuniy tadbirida ishtirok etish imkonini qoʻlga kiritadi.
Mazkur Dastur taʼlim va xususiy sektor oʻrtasidagi aloqani yoʻlga qoʻyish orqali yoshlarga tadbirkorlarning koʻmagiga ega boʻlib ularning biznes yaratish boʻyicha tajribasini oʻrganish imkonini beradi. Oʻz navbatida, yoshlar ham tadbirkorlarning faoliyatida yangi yoʻnalish kasb etishi mumkin boʻlgan innovatsion gʻoyalari va ishlanmalari bilan boʻlishadilar.
Ushbu tashabbus Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va BMT Taraqqiyot Dasturining “Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida tadbirkorlik muhitini takomillashtirish” qoʻshma loyihasi tomonidan Innovatsiyalarni rivojlantirish vazirligi va Yoshlar ittifoqi hamkorligida “Yoshlar-kelajagimiz” davlat dasturi doirasida Buyuk Britaniyaning Oʻzbekistondagi Elchixonasi moliyaviy koʻmagida amalga oshirilmoqda.