O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashdi

2018-11-19 | Siyosat

Qirgʻiziston Respublikasida amaliy tashrif bilan boʻlgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashdi.

Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov Nurdinjon Ismoilovni qutlar ekan, bugungi kunda Qirgʻiziston va Oʻzbekiston munosabatlari sifat jihatidan yangi strategik hamkorlik darajasiga chiqqanini qayd etib oʻtdi. “ Biz Oʻzbekiston bilan munosabatlarni qadrlaymiz va yuqori baholaymiz, qardosh qirgʻiz-oʻzbek doʻstona va yaxshi qoʻshnichilik aloqalari jadal rivojlanmoqda. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qirgʻiz-oʻzbek hamkorligining samarali rivojlanishidagi siyosiy irodasi va amaliy saʼy-harakatlari tufayli bizning munosabatlarimiz yangi, yanada sifatli bosqichga koʻtarildi. Mening Oʻzbekistonga rasmiy tashrifim chogʻida barcha masalalar oʻz yechimini topdi. Biz buni yuqori baholaymiz”, — deya taʼkidladi Sooronbay Jeenbekov.

Bundan tashqari, Prezident Sooronbay Jeenbekov Oʻzbekiston rahbariyati va xalqiga atoqli qirgʻiz adibi Chingiz Aytmatovning 90 yilligini keng nishonlayotgani munosabati bilan minnatdorlik bildirdi.

Oʻz navbatida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov samimiy qabul uchun Prezident Sooronbay Jeenbekovga minnatdorlik bildirdi.

Nurdinjon Ismoilov Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekovning 60 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy tabrik va qutlovlarini yetkazdi.

Поделиться