O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jizzaxda italiyaliklar bilan hamkorlikda pullik avtotrassa qurilishi mumkin
2018-11-16 | Jamiyat
Jizzax viloyati hokimligiga Italiya Respublikasining “Todini Costruzioni Generali” kompaniyasining delegatsiyasi tashrif buyurdi.
“Todini Costruzioni Generali” kompaniyasi delegatsiyasining viloyatga tashrifidan maqsadi Toshkent-Samarqand avtomobil yoʻli yoʻnalishi boʻlgan M-39 trassa yonidan alohida pullik trassa barpo etish taklifi berishdan iborat boʻldi.
Delegatsiya aʼzolarini viloyat hokimligining investitsiya kotibiyatidan K.Muxiddinov, “Jizzaxavtoyoʻl” aksiyadorlik birlashmasi raisi R.Xoliqov, viloyat yer resurslari va davlat kadastr boshqarmasi boshligʻi I.Ergashev kutib olishib, muloqot qilishdi.
Uchrashuvda “Todini Costruzioni Generali” kompaniyasi boshqaruv raisi Vedad Zaymovich soʻzga chiqib, Toshkent-Samarqand avtomobil yoʻli yoʻnalishi boʻlgan M-39 trassa yonidan alohida pullik trassa barpo etish boʻyicha muloqot qilgani hamda viloyatni yoʻl infratuzilmasi bilan tanishish maqsadida tashrif buyurishganini aytib oʻtdi.
Shundan soʻng delegatsiya aʼzolari avtomobil yoʻllari boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan “Jizzaxavtoyoʻl” aksiyadorlik birlashmasi raisi R.Xoliqovga yuzlandilar. Birlashma raisi savollarga toʻliq javob berdi.
U oʻz soʻzini davom ettirar ekan, Respublikadagi barcha yoʻllar tutashuvi aynan Jizzax viloyatida yagona yoʻlga kelib qoʻshilishini va Jizzax viloyati M-39 trassa qatnovidan bir sutkada qariyb 37000 dan ortiq avtomashinalar qatnovi boʻlishini aytib oʻtdi.
Delegatsiya aʼzolari oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.