O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi oʻz faoliyatini boshladi
2018-11-16 | Siyosat
2018-yilning 13-noyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi joylashgan bino qarshisida mamlakatimiz davlat bayrogʻini tantanali koʻtarish marosimi boʻlib oʻtdi. Bosh konsulxona manzili Karl Libknext koʻchasi 22-uy.
Tantanali marosimda Oʻzbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi Elchisi Botirjon Asadov, Sverdlov viloyati Xalqaro va tashqi savdo vaziri Vasiliy Kozlov, Rossiya TIVning Yekaterinburgdagi Vakili Aleksandr Xarlov, Yekaterinburgda akkreditatsiya qilingan bosh konsullar, boshqa rasmiy shaxslar va oʻzbek diasporasi vakillari ishtirok etdi.
Shu kunning oʻzida konsullik muassasasi ochilishi sharafiga Sverdlov viloyati rasmiy shaxslari, chet ellik diplomatlar, biznesmenlar va oʻzbek diasporasi vakillari hamda Sverdlov viloyati Gubernatori Yevgeniy Kuyvashev ishtirokida rasmiy qabul boʻlib oʻtdi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan qayd etilganidek, Ural federal okrugi va Sverdlov viloyati maʼmuriy markazida joylashgan yangi diplomatik vakolatxona Oʻzbekiston va Rossiya mintaqalarini, ikki davlat xalqlarini bogʻlovchi yana bir koʻprik boʻladi.
Bosh konsulxonaning birinchi tadbirlaridan biri shu kunning oʻzida Yekaterinburg shahrida tashkillashtirilgan “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil” nomli mamlakatimiz turistik salohiyati taqdimoti boʻlgani ham bejizga emas.
Barcha tashkiliy masalalar hal etilguniga qadar bosh konsulxona tomonidan hozirgi vaqtda faqat konsultativ koʻmak koʻrsatilmoqda (“WhatsApp” va “Telegram” raqami +79655194222).