O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Rossiya Davlat Dumasining Oʻzbekiston bilan aloqalar guruhi raisi Buxoroga tashrif buyurdi
2018-11-16 | Siyosat
Rossiya Davlat Dumasining Oʻzbekiston bilan aloqalar guruhi raisi A.Yezubov boshchiligidagi bir guruh delegatsiya aʼzolari Buxoro shahriga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni viloyat hokimining oʻrinbosari J. Nosirov kutib oldi.
Viloyat hokimligi konferensiyalar zalida oʻtgan Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputatlari hamda bir qator boshqaruv organi rahbarlari bilan uchrashuvda qator masalalar yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.
Uchrashuv nihoyasiga yetganidan soʻng, delegatsiya aʼzolari qadim Buxoroning “Ark”, “Poyi Kalon” hamda “Labi Hovuz” kabi diqqatga sazovor manzillari boʻylab sayohat qilib, ushbu madaniy meʼros obyektlari bilan yaqindan tanishdilar.