O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Vaqf” fondi Islom banki bilan hamkorlik qiladi

2018-11-16 | Jamiyat

Islom taraqqiyot bankining islomiy moliyalashtirish boʻyicha departament direktori Vosim Abdulvahhob boshchiligidagi delegatsiya Diniy idorada tashrif buyurdi.

Vosim Abdulvahhob “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Iskandar Xalilov bilan muloqot oʻtkazdi, deya xabar bermoqda Fond matbuot xizmati. 

Mehmonlarga “Vaqf” fondi tashkil etilishi, maqsad va vazifalari, amalga oshirilayotgan xayriya tadbirlari hamda tashkiliy ishlar haqida batafsil maʼlumot berildi. 

V.Abdulvahhob janoblari “Vaqf” fondi tomonidan olib borilayotgan ishlarga katta baho berib, Oʻzbekistonda islomiy moliyalashtirish va “Vaqf” qonunchiligini ishlab chiqishga yaqindan koʻmak berishlarini alohida qayd etdi. 

Islom taraqqiyot banki vakillari, yurtimizdagi bank va moliya mutaxassislari, “Vaqf” fondi rahbarlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan mana shunday amaliy hamkorlik ishlari, albatta, oʻzining ijobiy samarasini beradi, deya aytilgan xabarda. 

 

Inobat Ahatova, OʻzA

Поделиться