O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi toʻgʻrisida
2018-11-15 | Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6, 17-moddalari va xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashi Reglamentining 18 – bandiga muvofiq joriy yilning 16-noyabr kuni soat 11:00 da Sirdaryo viloyati hokimligining maʼmuriy binosida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtadi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritiladi:
- Sirdaryo viloyatida 2018-yilda yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash Dasturining 2018-yil 9-oyida bajarilishi yakunlari toʻgʻrisida.
- Taʼlim jarayoni sifatini taʼminlashga doir amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ijrosi toʻgʻrisida.
- 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 2018-yil 9-oyida ijrosi toʻgʻrisida.
- Sirdaryo viloyatida foydalanilmay boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini investitsiya loyihalari asosida sotish toʻgʻrisida.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3182-sonli qarori ijrosi yuzasidan viloyat sektorlari rahbarlarining hisobotlari toʻgʻrisida.
- Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi M.Joʻrayevning “Huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisida”gi hisoboti toʻgʻrisida.