O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish uchun dunyodagi eng yaxshi uskunalardan foydalaniladi

2018-11-15 | Texnologiyalar

Davlat xizmatlari agentligi direktori Halilillo Toʻraxoʻjayev boshchiligidagi delegatsiyasi Germaniyaning hujjatlarni raqamlashtirish uchun professional uskunalar ishlab chiqaruvchi mashhur kompaniyasi MICROBOX GmbHda boʻlib, u yerdagi faoliyat bilan yaqindan tanishishdi.

Xizmat safarining asosiy maqsadi davlat xizmatlari sohasini raqamlashtirish borasidagi ikki mamlakatning vakolatli organlari oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish, zamonaviy skanerlarni boshqarish uchun oʻquv mashgʻulotlari, shuningdek, arxiv maʼlumotlarini raqamlashtirish jarayonini tezlashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqishdir. Bundan tashqari, mamlakatimizga zamonaviy skanerlash uskunalarini yetkazib berishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Davlat xizmatlari agentligi tashkil etilgan kunidanoq oʻzini innovatsion jarayonlarini harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon qildi. Shu bois, Davlat xizmatlari markazlari tizimida yangi — arxivarius lavozimini joriy etish hisobiga FHDYO organlari arxiv hujjatlarini taqdim etish jarayonida ularni koʻlda izlashdan voz kechish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, 2022-yil 1-yanvarga qadar avtomatlashgan “FHDYO yagona elektron arxivi” tizimini shakllantirish rejalashtirilgan.

MICROBOX GmbH tomonidan taqdim etilayotgan professional yechimlar dunyodagi eng yaxshilar qatoriga kiradi. Mutaxassislarning soʻzlariga koʻra, mazkur uskunalar raqamli arxivlarni yaratish boʻyicha deyarli hamma vazifalarni bajarishi mumkin.

Поделиться