O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston-Qirgʻiziston maslahatlashuvlari toʻgʻrisida
2018-11-14 | Siyosat
2018-yilning 14-noyabr kuni Bishkek shahrida tashqi siyosatni axborot bilan taʼminlash va OAV bilan ishlash masalalari boʻyicha Oʻzbekiston-Qirgʻiziston vazirliklararo maslahatlashuvlarining ikkinchi raundi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Qirgʻiziston TIV Axborot departamenti direktori Muratbek Azimbakiyev oʻzi boshqarayotgan boʻlinma ish tajribasi bilan oʻrtoqlashdi.
Suhbat davomida axborot sohasidagi ikki tomonlama aloqalarda ijobiy dinamika kuzatilayotgani qayd etildi hamda hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari yuzasidan fikr almashildi.