O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion rivojlanish vaziri o'rinbosari Azimjon Nazarov: “Ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish va moliyalashtirish tizimlarini takomillashtirishda faol boʻlaylik!”

2018-11-14 | Fan

“Barchamiz bir haqiqatni unutmasligimiz kerak: qonunning birdan-bir manbasi va muallifi tom maʼnoda xalq boʻlishi shart.

Har bir qonun loyihasi yuzasidan fikr va takliflarni quyidan – fuqarolardan, joylardagi xalq deputatlari Kengashlaridan olish tartibini keng joriy etish zarur. Qonunlarni qabul qilish jarayonida ularni aholi oʻrtasida har tomonlama muhokama qilish tizimidan samarali foydalanishimiz kerak.”

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev

Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Azimjon Nazarov Oʻzbekiston Respublikasining2019-2021 yillarda innovatsion rivojlantirish strategiyasining “Yoʻl xaritasi“da keltirilgan vazifalarni sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash maqsadida oʻzining Feysbuk ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida fuqarolarning taklif va mulohazalari bilan faol ishtirok etishini soʻrab murojaat qildi:

“Innovatsion rivojlanishni koʻzlagan har bir davlat eʼtibor qaratishi lozim boʻlgan eng muhim jihatlardan biri - ilmiy-tadqiqot faoliyatini moliyalashtirishdir.

Hozirgi globallashuv shiddat bilan kechayotgan davrda va ertangi global chaqiruvlarga ratsional yechimlarni topish uchun ilmiy-tadqiqot faoliyatlari samaradorligi va sifatini oshirish dolzarb vazifalardandir.

Ayrim dunyo mamlakatlarining ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun moliyalashtirish “manzara” sini quyida koʻrishingiz mumkin.

Prezidentimiz tomonidan 21 sentyabr 2018 yil tasdiqlangan “2019-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmonda ham Respublikamizning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga alohida eʼtibor qaratilgan.

Farmonda belgilangan “Yoʻl xaritasi”da aynan ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish qatorida, 2021 yilgacha ilmiy-tadqiqot faoliyatlari uchun davlat mablagʻlarini YAIM ning 0.21 % i dan 0.8 % gacha oshirish vazifasi yuklatilgan. Bu mamlakatimizning ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilgan eʼtiborning namunasi va mamlakatimiz hayotining har sohasida ravnaq topishida qoʻyilgan ulkan qadamlardan biridir.

Ishonchim komilki, bu yuklatilgan vazifa barcha hamyurtlarimiz, ayniqsa ilm ahli uchun koʻp yillik kutilgan orzu va haqiqatdir.

Sizlardan ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish va moliyalashtirish tizimlarini takomillashtirishda oʻz taklif va mulohazalaringiz bilan faol ishtirok etishingizni soʻrab qolaman. Takliflarni real_sector@mininnovation.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin”.

Поделиться