O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekistonda ilk bor GDG-DevFest festivali boʻlib oʻtadi

2018-11-14 | Texnologiyalar

Google Developers Group (GDG)ning asosiy tadbirlaridan biri boʻlgan GDG-DevFest dasturchilar festivali ilk bor Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadi.

Festival 24-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida tashkil etilishi rejalashtirilgan. Tadbir GDG Tashkent guruhi, Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Google kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va BMT Taraqqiyot Dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi koʻmagida amalga oshiriladi.

GDG-DevFest festivali Google Developers Group jamoalari tomonidan har yil oʻtkaziladigan global tadbirlardan biridir. Ushbu tadbir doirasida dasturchilar, IT-mutaxassislar va yangi texnologiyalarga befarq boʻlmagan odamlar Google kompaniyasining soʻngi texnologiyalari va ishlanmalari bilan tanishadilar.

GDG-Tashkent – DevFest festivalida ishtirok etish uchun Google kompaniyasining mutaxassisi Eli Kaplan Toshkentga tashrif buyuradi.

Festival ishtirokchilari mahalliy va xorijlik mutaxassislar bilan axborot texnologiyalari sohasidagi soʻnggi tendensiyalarni kun davomida muhokama qilishadi.

Xususan, ishtirokchilar blokcheyndan foydalanish, mobil ilovalarni yaratish, VR/AR texnologiyalarini biznesga ishlatish va boshqa mavzulardagi muhokamalarda ishtirok etadilar.

Eslatib oʻtamiz, 2015-yildan boshlab IUT yosh mutaxassislar uchun Google I/O Extended Tashkent konferensiyasini oʻtkazib kelmoqda. Konferensiya oʻzbekistonlik yosh mutaxassislarini Google kompaniyasining innovatsion yechimlari bilan tanishish uchun oʻziga xos platforma sifatida xizmat qilmoqda.

Поделиться