O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Strategik rejalashtirish boʻyicha Buyuk Britaniya tajribasi qanday?

2018-11-14 | Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan “Parlament va uning tadqiqot xizmati faoliyatida strategik rejalashtirish: Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya tajribasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar oʻtkazildi.

Prezidentimizning 2018 yil 8 avgustdagi “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Buyuk Britaniyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi, Vestminster demokratiya fondi vakillari, Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti xodimlari ishtirok etdi.
 
Bugungi kunda har bir davlat idorasi oʻz oldiga yuqori maqsadlarni qoʻyar ekan, bunda strategik rejalashtirishga katta eʼtibor qaratadi. Chunki, islohotlarni oʻz vaqtida amalga oshirish, faqat bugunni emas, balki kelgusida ham sodir boʻladigan voqelikni nazardan qochirmasligi lozim. Bu esa boʻladigan jarayonlarga oldindan tayyorgarlik koʻrish, yuzaga keluvchi muammolarni bartaraf etishning muhim omili hisoblanadi.
 
– Strategik rejadan koʻzlangan maqsad tashkilotning uzoq davr mobaynida oʻz oldiga qoʻygan maqsadlarni samarali tarzda amalga oshirishga yordam beradi, – deydi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti ilmiy xodimi Akbarshoh Teshaboyev. – Koʻp yillik tarixga ega ingliz parlamenti bu borada katta tajriba toʻplagan. Bugungi kunda dunyoning koʻplab davlatlari ushbu amaliyotni chuqur oʻrganib, foydali jihatlarini joriy etmoqda. Biz ham bu kabi islohotlarni yuksak baholagan holda mamlakatlarimiz parlamentlari oʻrtasidagi hamkorlik munosabatlarini oʻrganish, yanada rivojlantirishga harakat qilamiz.
 
Seminarda joriy yilning avgust oyida Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti hamda Vestminster demokratiya fondi oʻrtasida imzolangan oʻzaro memorandumga koʻra kelgusida sohaga oid vazifalar belgilab olindi.
 
Buyuk Britaniyalik ekspertlar ishtirokida strategik rejalashtirishning mazmun mohiyati, ahamiyati, qoʻllash amaliyoti va boshqa koʻplab masalalar boʻyicha oʻzaro fikr almashildi. Soha mutaxassislarining zamonaviy davlat boshqaruvi va parlament faoliyatini, tadqiqot institutlarining strategik va biznes rejalarini tuzish kabi mavzularda maʼruzalari tinglandi.
 

Abdulaziz Musayev, OʻzA

Поделиться