O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xorijdagi vatandoshlar bilan turizmni rivojlantirish masalalari muhokama etildi

2018-11-14 | Turizm

Joriy yilning 10-noyabr kuni Germaniyaning Berlin shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi, “Nihol” oʻzbek-nemis ilmiy-madaniy jamiyati hamda boshqa vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda “Xorijiy innovatsion gʻoyalar va texnologiyalar hamda ularni Oʻzbekistonda tatbiq qilish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.

Mazkur tadbirda Germaniya va boshqa Yevropa mamlakatlarida taʼlim olayotgan Oʻzbekistonlik talabalar, ilmiy tadqiqotchilar, nemis kompaniya va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻzbek mutaxassislari, tadbirkorlar, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, vazirlik va idoralar, shuningdek OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Yevropa mamlakatlarida faoliyat olib borayotgan oʻzbek vatandoshlar tomonidan turli yoʻnalishlarda ishlab chiqilgan innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va yangi texnologiyalar namoyish etildi xamda ushbu loyihalarni Oʻzbekistonda amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur tadbir davomida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan bir qator loyihalar, jumladan, Chexiya tabiiy fanlar universiteti magistranti B. Hojimurodovning Oʻzbekistonda shaharlararo avtobus transporti tizimini rivojlantirish, ichki va xorijiy turistlarga qulay sharoit yaratish”, Germaniyaning Vayfeyr kompaniyasining narx tahlili boʻyicha mutaxassisi Z. Rahimovning “Turizm obyektlari va qadamjolarda audio gidlarni joriy etish mexanizmlari” hamda Germaniyaning Plantim Shvars kompaniyasi muhandisi Sh. Turdaliyevning “Temir yoʻl transporti tizimida davlat-xususiy sektor sherikligini yoʻlga qoʻyish” kabilar namoyish etildi hamda soha mutaxassislari ishtirokida muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan vatandoshlar xamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi vakillari oʻrtasida uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Uchrashuvlar davomida mamlakatimizda turizm sohasini yanada rivojlantirishda samarali mexanizmlarni joriy etish boʻyicha xalqaro tajriba, Oʻzbekistonning turizm salohiyatini vatandoshlar tomonidan targʻib qilish yoʻllari, xorijiy malakali mutaxassislarni turizm sohasida kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish uchun jalb etish, mamlakatimiz turizm infratuzilmasini yaxshilash uchun investitsiyalar kiritish kabi masalalar muhokama etildi.

Bundan tashqari, Oʻzbekistonning turizm salohiyatini namoyish qiluvchi targʻibot materiallari taqdim etilib, vatandoshlar tomonidan Oʻzbekistonning turizm salohiyatini doimiy targʻib qilib borishga kelishib olindi.

Поделиться